"Volfsburg" "Bolonya" yarim himoyachisi Matias Svanbergni qo‘lga kiritish borasida muzokaralar olib bormoqda, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.
Manbaning xabariga ko‘ra, nemis klubi 23 yoshli shvedni 8 million yevro evaziga sotib olishga yaqin turibdi, bonuslar bilan birga, bu summa 10 million yevrogacha ko‘tarilishi mumkin.
"Volfsburg" futbolchiga 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qilmoqda.
2021/22 yilgi mavsumda Svanberg “Bolonya” safida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.