Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/10 05:00 Peru - Urugvay

Ronaldu — top-klublar uchun ortiqcha yuk. Nega hech kim uni “MYU”dan qutqarishga shoshilmayapti

Ronaldu — top-klublar uchun ortiqcha yuk. Nega hech kim uni “MYU”dan qutqarishga shoshilmayapti

Baho:
+ | -

Ronaldu — noyob futbolchi. U 37 yoshida ham bir mavsumda nafaqat 15 tadan ko‘proq gol urishga, balki transfer janglari markazida qolishga ham ulgurdi. Bu yozda uning "Manchester Yunayted"dan ketishi haqidagi “doston” faol rivojlanmoqda.

Darhol, bir qator manbalar, jumladan, insayderlar Krishtianu “Old Trafford”ni tark etishga qaror qilgani haqida xabar berishdi. Sababi, Chempionlar ligasida ishtirok etmasligi va jamoani kuchaytirish uchun transferlarning yo‘qligi. Portugaliyalikning karyerasi pasayib bormoqda va Chempionlar ligasidagi har bir mavsum uning uchun oltinga teng.

The Independent nashrining yozishicha, yangi mavsumda Chempionlar ligasida o‘ynaydigan boshqa klubga o‘tish uchun Krishtianu maoshini jiddiy qisqartirishga tayyor.

Hozirda u yiliga taxminan 31,5 million yevro oladi. Shuningdek, "Yunayted" Ronalduning yoshi va shartnomasi bir yildan keyin tugashi sababli uning uchun katta summa so‘ramasa kerak. Portugaliyalik hatto "Yunayted"da bir qator mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubordi va oilaviy sabablarga ko‘ra mavsumoldi turnega chiqmadi.

Ammo, barcha bu voqealarga qaramay, Yevropaning top-klublari portugaliyalikni qo‘lga kiritishga shoshilmayapti. Bundan tashqari, gigantlar uni imzolashdan bosh tortishi haqida mish-mishlar ko‘paymoqda. Nima uchun bu sodir bo‘lmoqda? Sababi Krishtianuning xususiyatlari va zamonaviy futbol tendensiyalarida.

Yillar davomida KriRo reaktiv qanot hujumchisidan jarima zarbasini tepish uchun juda mos keladigan hujumchiga aylandi, u burchaklarda juda foydali va keyingi soniyada to‘p qayerda bo‘lishini intuitiv ravishda biladi.

Ushbu komponentlarning umumiy darajasi tufayli Ronaldu 37 yoshida ham Yevropaning eng yaxshi hujumchilaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ammo o‘zining barcha mukammalligiga qaramay, portugaliyalik tabiatni alday olmaydi. U Yevropaning aksariyat gigantlari murabbiylari talab qilganidek, himoyada faol o‘ynay olmaydi.

Krishtianu har bir o‘yinda 7-8 pressing harakatini amalga oshiradi va bu ko‘rsatkichga ko‘ra, Yevropaning top-5 ligasidagi eng yomon hujumchilarning 1% ga kiradi. Yevropaning ko‘plab klublari pressingga e’tibor qaratishgan va bu tuzilmadan hatto bitta o‘yinchini o‘chirib qo‘yish domino effekti butun jamoani qayta qurish bilan bog‘liq muammolarga olib keladi.

Daily Mail xabariga ko‘ra, aynan shu sababdan "Chelsi" Krishtianuni transfer qilishdan bosh tortmoqda. Ronalduning agenti Xorxe Mendesh hatto "Chelsi"ning yangi xo‘jayini Todd Boyeli bilan shaxsiy muzokaralar olib bordi, biroq u Tuxelni tinglaydi va shuning uchun kelishuvni yakunlashga shoshilmayapti.

La Republica nashrining yozishicha, Ronalduning agenti o‘z mijozining xizmatlarini “Inter”ga taklif qilgan, ammo “neradzurrilar” Lukakuni ijaraga olishni ma’qul ko‘rgan. Krishtianu “Napoli”ga o‘tishi mumkin, ammo neapolliklar ochiqchasiga aytishdiki, kimdir sotilmagunicha bu transferni amalga oshirishga qodir emaslar.

Nazariy jihatdan, Ronaldu "Bavariya"dan "Barselona"ga ketadigan Robert Levandovskining o‘rnini egallashi mumkin. Ammo Germaniyaning Bild nashri 6 iyul kuni myunxenliklar bu transferni ikki sababga ko‘ra ko‘rib chiqmayotgani haqida insayd e’lon qildi: 1) futbolchining maoshi; 2) Krishtianuning Nagelsmanning pressing uslubiga mos kelmasligi.

Hatto Ronaldu “PSJ”da Lionel Messi bilan afsonaviy juftlik yaratishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Ammo, AS ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda shayxlar bunday o‘tishni o‘ylamayapti. Kataloniyaning El Nacional nashri esa hattoki argentinalik Ronalduning Parijga transferi yakunlansa, klubni tark etishi bilan tahdid qilganini yozgan.

Yana bitta qiziqarli variant bor – “Barselona”. Ko‘p yillar davomida Krishtianu kataloniyalik muxlislarni juda bezovta qilgan, ammo hozir jamoaga sifatli markaziy hujumchi kerak. Levandovski ustuvor variant, ammo hozircha “ko‘k-anorranglilar”ning moliyaviy imkoniyatlari transferga imkon bermayapti. AS nashrining yozishicha, klub prezidenti Joan Laporta Xorxe Mendesh bilan o‘tish imkoniyatini muhokama qilgan.

Sky Sport xabariga ko‘ra, Mendesh Ronalduni bir qator top-klublarga taklif qilmoqda va "Krishtianu effekti"dan argument sifatida foydalanmoqda, jumladan homiyliklarning ko‘payishi, ijtimoiy tarmoqqa kirish va internetda eng ko‘p kuzatuvchisi bo‘lgan odamning imzosi tufayli yangi bozorlar. Muammo shundaki, Ronalduning sport nuqtai nazaridan imkoniyatlari aksariyat gigantlar uchun juda shubhali.

Ayni paytda “MYU”dagi vaziyat asta-sekin qaynab bormoqda. Atletik nashri klubga yaqin manbasiga tayanib xabar berishicha, Ronalduning klubni tark etish qarori yangi bosh murabbiy Erik ten Xag uchun zarba bo‘lgan. Murabbiyning aytishicha, u Krishtianuga umid qilmoqda, biroq Ronalduning bir qator mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborib, turnega chiqmaslik qaroridan o‘zi ham, futbolchilari ham dovdirab qoldi. Qolaversa, murabbiy KriRoning ketish istagini bevosita undan emas, balki uchinchi shaxsdan bilib oldi.

Umuman olganda, Ronaldu oldida bir nechta variant bor: 1) o‘z faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirish va ten Xag bilan oldinga siljish umidida Chempionlar Ligasida bir mavsumni qurbon qilish; 2) boshqa top-klubga, lekin maoshi jiddiy kamaytirilgan holda zaxira yoki rotasiya o‘yinchisi roliga o‘tish; 3) Chempionlar ligasida ishtirok etadigan ikkinchi darajali jamoaga o‘tish.

Bu variantlarning har biri mukammal emas, lekin Krishtianuning figurasining ko‘lami shundayki, u har qanday rolda va qayerda bo‘lmasin e’tiborni tortadi

Kiritildi: 13:33, 14.07.2022.
O'qildi: 7097 marta.
Fikrlar: 43 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.