Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Marselo: «Madrid» - yoshlarga meros...»

Marselo: «Madrid» - yoshlarga meros...»

Baho:
+ | -

Braziliyalik Marselo 13 iyun kuni Valdebebasda tashkillashtirilgan taqdirlash marosimida doimgidek quvnoq ko‘rindi va «Real» bilan yaxshi kayfiyatda xayrlashdi.

Faxriy himoyachi maxsus matbuot anjumanini ta’sirli nutq bilan boshladi: «Kelajak haqida ko‘p o‘ylamayman, tabiatan bugungi kun  bilan yashashga moyilman. Ha, hayotingdagi asosiy klubdan ketishing oson emas... Axir «Real» behisob quvonch tortiq etdi. «Madrid» ichidagi iztirobli kunlar va mashg‘ulotlar ham - shirin xotira. Jamoaning oppoq libosida maydonga tushish naqadar go‘zal va ajoyib... Takrorlayman, kelajakdan tashvishlanmayman, chunki tarix allaqachon yozildi. Zimmamdagi ishni munosib bajardim. Demak, o‘zimdan va faoliyatimdan mamnunman, oilam ham men bilan faxrlanadi. Bunga zarracha shubha yo‘q. Bugun men uchun unutilmas va eng baxtli kun, axir rejalashtirgan ishlarni to‘liq uddaladim va «Madrid»dan boshimni tik tutgan holda ketyapman. Jamoa yoshlarga meros. Vinisius, Rodrigo, Valverde o‘yinlarini tomosha qilish... Yoshlik mutlaqo bebaho. Marseloni boricha qabul qilishgani juda muhim. Futboldan butunlay ketgach, «Real»­ga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lishni xohlayman. O‘ylaymanki, bu borada qandaydir muammo tug‘ilmaydi».

- Marselo, faoliyatingizni tugatish vaqti yaqinmi?

- Bu haqda o‘ylayapman. Hali o‘ynashda davom etsam kerak, chunki qo‘limdan keladi. «Madrid»ga qattiq bog‘lanib qolganim rost, ammo «qaymoqranglilar»ga qarshi o‘ynashga to‘g‘ri kelsa ham muammo tug‘ilmaydi. Avvalo, professional bo‘lib qolishga harakat qilaman. «Real» meni shunga o‘rgatdi axir.

- Qaysi murabbiyni alohida e’tirof etasiz?

- Tabiiyki, «Real»dek megaklubda katta mutaxassislar bilan ishlash nasib etdi. Lekin kimnidir ajratib ko‘rsatishim nojoiz. Tushunarliki, har bir murabbiyda o‘z falsafasi bor va shunga muvofiq, nimalarnidir kashf qiladi. 

- «Real» tarixiga qo‘shgan hissangizni qanday baholaysiz? 

- Ochig‘i, nimadir deyishim qiyin, chunki hamisha bugungi kun bilan yashaganman, boshqa hech narsani o‘ylamaganman. Bu yerda muhim sovrinlar yutdim, turli turnirlarda o‘ynadim, «Bernabeu»da sehrli kechalarni o‘tkazdim. Ortda qolgan yillar davomida tabassum bilan yashaganimga faqat shukrona aytaman. Omadim chopgani aniq, zero, jiddiy jarohatlarga yo‘liqmadim. Katta iste’dod va mehnatsevar bo‘lishingiz mumkin, ammo omadingiz chopmasa, qiyin, baribir.

- Klubni yoshlarga meros sifatida qoldirdingiz, o‘zingiz bilan nimalarni olib ketyapsiz?

- Behisob his-tuyg‘ularni. Mana, oilam bilan CHLdagi 5ta chempionlik tafsilotlari haqida gaplashyapman. Dastlabki 4ta finalda o‘ynadim, ammo oxirgisi - eng muhimida chetda qoldim. O‘ynash, assistentlik qilish va gol urish yoqimli, lekin eng asosiysi, yigitlar bilan muloqotga kirishish, final hushtagiga 3 daqiqa qolgan vaqtda g‘alabani nishonlashga shaylanish. 

- «Madrid»dan ketish azob emasmi?

- O‘zimni afsonadek his qilmayman. Shartnoma muddati tugagan ekan, hech qanday muammo yo‘q. Hayot davom etadi, «Real»dan ayrilganim uchun yashashni to‘xtatmayman. Qolaversa, qalban «Madrid»da qolaman, qayerga borsam, klubning oddiy muxlislari qatorida bo‘laman. Yakunlangan mavsum davomida katta yuk va mas’uliyatni to‘liq angladim. Ba’zan Anchelotti qarorlaridan jahlim chiqib, murabbiy bilan bahslashdim, lekin ertasiga uni quchoqlab olardim. Qisqasi, jamoaning bir qismiga aylanish uchun doimiy o‘ynash shart emasligini tushundim, har holda, murabbiy bilan hamfikr bo‘lish muhimroq.

- Birinchi nav­batda, kimlardan minnatdorsiz?

- Barcha yutuqlarimda bobom Pedroning o‘rni katta. Aynan u menga har doim o‘zim xohlagan narsani tanlash huquqini bergan. Madridga 18 yoshda keldim, turmush o‘rtog‘im 17 yoshda edi. Bu ham bobom yaratgan erkinlik mahsulidir.

- Muxlislarga aytolmagan gapingiz bormi?

- Ulardan olgan muhabbatim qalbimda abadiy qoladi. Stadionda «Tug‘ilgan kuning bilan!» qo‘shig‘ini baralla kuylashgani hamon yodimda. Ko‘pchilik qolishimni so‘radi - bu ta’riflanmas e’tibor. 

- Marseloni kelajakda murabbiy rolida ko‘ramizmi?

- Menimcha, murabbiylik uchun zarur xislatlarga ega emasman. Boshqa yo‘nalishlarni yaxshiroq tushunsam kerak. Ochiq tan olaman, hech qachon taktikaga aqlim yetmagan, shunchaki, bilganimcha o‘ynaganman. Qisqasi, hozir murabbiy bo‘lish ishtiyoqi yo‘q.

- «Madrid»dagi ilk kunni qanday eslaysiz?

- Hammasi juda g‘alati edi. Axir bunga qadar «Real»ni faqat televizorda ko‘rgandim. «Santyago Bernabeu»dan naqadar lol qolganim kechagidek yodimda. To‘g‘risi, birinchi kuni nimalar bo‘lganini sira anglamaganman, ammo o‘sha lahzalarni aslo unutmayman.

- «Real» akademiya kelajagini qanday ko‘ryapsiz?

- Hamisha o‘zimni kanteranoga yaqin tutganman, chunki akademiyaning chin muxlisiman. Bu yerda yosh futbolchilarga qanday g‘amxo‘rlik qilinishi, mash­g‘ulotlar tartibi va akademiya qanday ishlashini yaxshi bilaman. O‘ylaymanki, «Real»ni istiqbolli kelajak kutmoqda.

- O‘g‘lingiz Enso ham futbolni tanladi...

- Uning o‘yinini ko‘rganimda, boshqa odamga aylanib qolaman, aqldan ozishim hech gap emas. Ensoning «Real» libosida ko‘rish - men uchun eng buyuk otalik baxti.

- Yaqin kelajakda sov­rinlar soni bo‘yicha sizdan kim o‘zib ketishi mumkin?

- Bilmadim, lekin kimdir meni ortda qoldirsa, faqat xursand bo‘laman. Ha, «Real»­dan eng ko‘p sovrin yutgan futbolchi maqomida ketyapman. Lekin har bir rekord ertami-kech yangilanadi, albatta. 

- Sizni ko‘pincha Roberto Karlos bilan taqqoslashadi...

- O, Roberto - chin kumirim. Katta klub safiga qo‘shilsangiz, har bir pozisiyada kuchli ijrochilarga duch kelasiz. Boshida rosa qiynalganman, chunki matbuotda Roberto Karlos o‘rnini bosishim kerakligi haqida ko‘p yozilardi. To‘g‘ri, bunga ortiqcha e’tibor qaratgan emasman, chunki Roberto emas, Marselo sifatida hikoya yozishni xohlaganman. Qolaversa, futbol tarixi Karlosga o‘xshagan bosh­qa qanot himoyachisini ko‘rmagan. Fakt bitta - Marseloman va hamon o‘z hikoyamni yozyapman.

- Yakunda ketish qarori qanday qabul qilinganini bayon etsangiz...

- Umumiy yig‘ilishda barchasi muhokama qilindi. Yakunda umumiy to‘xtamga keldik - ketishim ikki tomonga ham yaxshi. Bor gap shu. Bu jiddiy qaror, chunki butun umringga hamroh klubdan ketishing oson emas. Lekin asta-sekin hammasi o‘z yo‘liga tushadi. Mana, hozir xayrlashish chindan ham, vaqt hukmi ekanligini anglab yetdim...

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 14:57, 15.07.2022.
O'qildi: 3706 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.