Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Roma" "PSJ"ga keraksiz yulduz bilan shartnoma imzolamoqchi

"Roma" "PSJ"ga keraksiz yulduz bilan shartnoma imzolamoqchi

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Jorjinyo Veynaldum "PSJ"ning yangi bosh murabbiyi Kristof Galtyening rejalariga kiritilmagan, deya xabar beradi jurnalist Matteo Moretto.

"Roma" futbolchini 1 mavsum uchun ijaraga olishi mumkin. Shu bilan birga, "PSJ" niderlandiyalik yarim himoyachiga hozirgi maoshining yarmini to‘lab beradi.

2020/21 yilgi mavsum oxirida futbolchi “Liverpul”ni tekinga tark etdi va “PSJ” bilan shartnoma imzoladi.

O‘tgan mavsumda yarim himoyachi parijliklar safida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 18 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 21:46, 15.07.2022.
O'qildi: 5665 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.