Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Hoqon Chalxanoglu: «Milan» bizdan ancha zaif...»

Hoqon Chalxanoglu: «Milan» bizdan ancha zaif...»

Baho:
+ | -

«Inter» yarim himoyachisi Hoqon Chalxanoglu Turkiyaning Gazete Damga nashriga bergan intervyusida sobiq klubi - «Milan»ga biroz «tegindi».

Mana, uning yakunlangan mavsum haqidagi umumiy xulosalari: «Juda qiyin davr, chunki to‘xtovsiz o‘ynadik: CHL, «A» seriya, milliy jamoa... Chempionat yakunida oxirgi 4ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozondik, bu ko‘p narsadan dalolat. Endi Antaliyada Merix Demiral bilan miriqib hordiq chiqaramiz».

- Hoqon, tanqidga qanday qaraysiz?

- Vaqti-vaqti bilan qattiq tanqidga uchrayman, lekin hammasini ichimda saqlayman. Har holda, zimmamda katta mas’uliyat bor. Muhimi, meni yaxshi taniganlar qanday kunlarni boshimdan kechirganimni bilishadi. Umuman, tan­qid - normal holat. Salbiy qarashlar ichida yashashga majburmiz. Shuning barobarida pozisiyamni ham, qanday o‘ynashim kerakligini ham tushunaman. Shunday ekan, barcha tanqidlarga quloq solib o‘tirmayman. To‘g‘ri, boshqalar fikrini inobatga olaman, lekin, hissiyotchan yigit bo‘lsamda, reaksiya ko‘rsatmayman aslo. 

- «Milan»dan «Inter»ga o‘tishda rosa qiynalgandirsiz...

- Ha, albatta. Bitta shahar, lekin boshqa-boshqa rang... «Inter»ga moslashishim ham oson bo‘lmadi. Muhimi, qattiq ishladim, bor diqqatimni bir joyga jamladim. Ha, yangi jamoam emas, eskisi chempionlikka erishdi. Bunda ayrimlar bosh aybdor sifatida meni ko‘rsatishmoqda. Lekin shaxsiy fikrimcha, samarali uzatmalar va gollar bilan «Inter»ning kuchayishiga yaxshigina hissa qo‘shdim. «Milan»da 4 yil o‘ynagan bo‘lsam, hattoki, chigalyozdi mash­g‘ulotlari payti ham tribunadan ismim biror marta yangramagandi. «Inter»da aksincha, birinchi mavsumdayoq ismimni kuylashga odatlanishdi. «Inter» aslida «Milan»dan ancha kuchli. Eslang, derbi o‘yi­nini 75-daqiqadan keyin boy berdik. Chunki murabbiy Perishich, Barella va meni almashtirdi, natijada o‘yin birdan ostin-ustun bo‘lib ketdi. O‘sha vaqtgacha 1:0 hisobida oldinda borayotgandik, yakunda esa 1:2... Demoqchimanki, o‘sha muhim o‘yindagi mag‘lubiyatda murabbiyning ham «hissa»si bor. Buni o‘ziga ham aytdim. Keyinchalik kubok o‘yinida «Milan»ni 3:0 hisobida yengganimiz barchasini ko‘rsatib turibdi.

- Aytishlaricha, Ibragimovich bilan chiqisholmas ekansiz. Shundaymi?

- Qarang, u 18 emas, 40 yoshda. Ibra hamisha e’tiborni jalb qilishni yaxshi ko‘radi, shu bilan tirik. Bu yil jamoasi yutug‘iga hissa qo‘shmadi, zo‘r­g‘a o‘ynadi. Lekin muxlislar e’tiborini tortish uchun hammasiga tayyor turadi. Aslida buning menga umuman farqi yo‘q. «Milan»da o‘ynaganimda, u menga ko‘p qo‘ng‘iroq qilardi, kechki ov­qat yoki sayrga chaqirardi. Bunday inson haqida salbiy fikr bildirishim to‘g‘ri emas. Umuman, Zlatanga hamisha hurmat bilan qaraganman. U hattoki, o‘z biografiyasida men haqimda yozgandi, aks holda, kitobi to‘lmay qolardi. Endi Ibraga javob bermayman, munosabatimiz shundayligicha qolgani ma’­qul. Bu haqda boshqa gapirmayman.

- Simone Inzagi qanday murabbiy?

- Futbolni tushunadigan va o‘zini jamoaga yaqin oladigan yaxshi inson. Yakunlangan mavsum uning uchun og‘ir sarguzasht bo‘ldi. Muhimi, Inzagi qiyinchiliklarni yengib o‘tdi. U meni chindan ham, «Inter»­da ko‘rishni istagandi va yakunda xuddi shunday bo‘ldi.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:30, 15.07.2022.
O'qildi: 10935 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.