Kirish Ro'yxatdan o'tish

"PSJ" o‘z futbolchisini A Seriyaning ikki klubiga tavsiya qildi

"PSJ" o‘z futbolchisini A Seriyaning ikki klubiga tavsiya qildi

Baho:
+ | -

"PSJ" yarim himoyachisi Jorjinio Veynaldum yozda Fransiya jamoasini tark etishi mumkin. Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, niderlandiyalik futbolchi parijliklarning yangi bosh murabbiyi Kristof Galtyening rejalariga kiritilmagan.

"PSJ" allaqachon ushbu pozisiyani mustahkamlashga muhtoj bo‘lgan ikki Italiya klubiga yarim himoyachi xizmatini taklif qilgan. Gap ketgan Frenk Kessiening o‘rniga futbolchi qidirayotgan "Milan va Rimning "Roma" klublari haqida ketmoqda.

Parij klubi sport direktori Luis Kampush ham Veynaldumdan qutulishni xohlaydi, chunki futbolchi asosiy tarkibda muntazam maydonga tushmay, yiliga 9 million yevro maosh oladi.

Kiritildi: 15:58, 16.07.2022.
O'qildi: 2113 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик