Janubiy Koreyaning Suvon shahridagi stadionda “Tottenxem” va “Sevilya” jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.
50-daqiqada Xarri Keyn ingliz jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 64-daqiqada Ivan Rakitichning aniq zarbasi ispanlarga hisobni tenglashtirishga imkon berdi.
“Tottenxem” 23 iyul kuni Glazgoda “Reynjers” bilan o‘ynaydi, “Sevilya” esa 30 iyul kuni Londonda “Arsenal” bilan o‘ynaydi.