Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Ten Xag uchun "MYU"ga "yangi qon" keldi - APLda Eriksen sarguzashtlari davom etadi

Ten Xag uchun "MYU"ga "yangi qon" keldi - APLda Eriksen sarguzashtlari davom etadi

Baho:
+ | -

Eriksen "Manchester Yunayted"ga o‘tdi. Biroq u bungacha  Premyer-liganing 5 klubiga rad javobini bergandi, bu yerda hal qiluvchi omilni Ten Xag bilan shaxsiy suhbat hal qildi.

"Manchester Yunayted" asta-sekin uyg‘onmoqda, "Feyenoord" chap qanot himoyachisi Tirell Malasiya bu hafta Erik ten Xag tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Keyinroq esa klubning ikkinchi transferi e’lon qilindi va bu Kristian Eriksen edi.

30 yoshli daniyalik bilan shartnoma 3 yilga - 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan. "Manchester Yunayted" - bu o‘ziga xos klub, men startni intiqlik bilan kutmoqdaman. Avvallari ko‘p marotaba "Old Trafford"da o‘ynash sharafiga muyassar bo‘lganman, ammo buni "Yunayted"ning qizil libosida amalga oshirish - ajoyib tuyg‘u. Hali ham katta ambisiyalarim bor. Ko‘p narsaga erisha olishimni bilaman, bu mening sayohatimni davom ettirish uchun eng zo‘r joy", - deydi Kristian. Bungacha Premyer-liganing besh klubi Eriksen uchun kurash olib bordi. U Konte jamoasiga qaytishi ham mumkin edi. Biroq "Inter"da ular o‘rtasida bo‘lib o‘tgan voqealardan xabaringiz bor. Eriksenning sog‘ligi bilan bog‘liq xavflarga qaramay unga da’vogar klublar ko‘p edi. Quyida ular haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

"Brentford"

 Aynan o‘tgan bahorda Kristian futbolga muvaffaqiyatli qaytishni amalga oshirdi. Klubda kuchli Daniya atmosferasi bor, ular Eriksenni saqlab qolishni juda ham xohlashdi. Yarim himoyachi buni ustuvor variantlardan biri deb bildi, ammo futbolchi yakunda baribir «Manchester Yunayted»ni tanlashga qaror qildi.

"Tottenxem"

Agar Eriksen sobiq klubiga qaytganida ikki chiroyli voqea sodir bo‘lgan bo‘lar edi - sobiq klubga qaytish va Italiyada chempionlikka birga erishgan Antonio Konte bilan uchrashish. Lekin bu yakunda ish bermadi.

May oyida "Everton" va "Lester" Kristianga ko‘z tikayotgani haqida xabarlar tarqalgandi, ammo bu aniq ma’lumotlarga to‘g‘ri kelmadi.
"Inter"ga qaytish varianti hatto ko‘rib chiqilmadi ham, chunki Italiyada yurak stimulyatori - Eriksenning tanasiga o‘rnatilgan qurilma bilan o‘ynash taqiqlangan.
"Men Ten Xag bilan gaplashganimdan keyin "Manchester Yunayted"ni tanladim", - deydi Eriksen. Murabbiy Kristianni jamoasida ko‘rishni xohladi. Ingliz insayderlarining xabar berishicha, aynan niderlandiyalik murabbiy bilan suhbat «Manchester Yunayted» foydasiga hal qiluvchi omil bo‘lgan.

Kristian Ten Xag bilan avvaldan tanish, yarim himoyachi "Ayaks" yoshlar jamoasida o‘ynagan. Murabbiy bahorda Eriksenning futbolga qaytganidan so‘ng qanday formada ekanligini ko‘rgach, uni sotib olishga qaror qilgan.

Futbolchi sobiq murabbiyi bilan birgalikda ishlash imkoniyatidan xursand: «Men Erikning «Ayaks»dagi ishini ko‘rganman va uning jamoasida qanday tayyorgarlik jarayonlari ketishini juda yaxshi bilaman. U ajoyib murabbiy. U bilan suhbatlashganimdan so‘ng, men uning rahbarligidagi kelajagimizga yanada ko‘proq umid qilganman", - deydi Eriksen.

"Manchester Yunayted"ning transfer maqsadlari ro‘yxatidan kelib chiqadigan bo‘lsak, ten Xag uchun futbolchilar avvalgi "Ayaks"dagi o‘yin tamoyillarini tushunishlari juda muhim. Transferlar ro‘yxatiga amsterdamliklardan himoyachilar Timber va Martines, hujumchi Entoni va "Barsa" yarim himoyachisi Frenki De Yong kiritilgan. Eriksen 16 yoshidan "Ayaks"da o‘ynay boshlagan, shuning uchun ten Xag uslubiga moslashish uning uchun hech qanday muammo bo‘lmasligi kutilyapti.

Eriksen qaysi zonada o‘ynashi mumkin? Bruno o‘zining sevimli pozisiyasidan o‘zgarmaydi, daniyalik esa ham qanotda, maydon markazida ham harakat qila oladi. Daniyalik futbolchi o‘zining kuchli formasini saqlab qolsa, Eriksen haqiqiy kuchga aylanadi. Qishda u "Brentford" bilan shartnoma imzoladi va Premyer-ligada 11 ta o‘yinda 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bunga Daniya terma jamoasidagi 6 ta o‘yindagi ikkita gol va bir golli uzatmasini ham qo‘shamiz.

Asosiy savol shundan iboratki, Ten Xag birdaniga nominal hujumchi pozisiyasida o‘ynashga o‘rganib qolgan uch futbolchi - Bruno, Van de Bek va Eriksenni qanday qilib bir vaqtning o‘zida maydonga tushirishi mumkin? Ko‘pincha Ten Xag "Ayaks"da 4-2-3-1 sxemasidan foydalangan, so‘nggi yillarda "Manchester Yunayted"da ham shu sxema ishlab keldi, shuning uchun biz uch pleymeyker variantini rad eta olmaymiz. Markaziy hujumchi rolini katta ehtimol bilan Fernandesh egallaydi. Tahlil davomida The Athletic Eriksen uchun ikki pozisiyani taklif qilgan:

Yarim himoyaning chap zonasi

Kristian imkoniyat tug‘ilishi bilanoq muntazam ravishda chapga qarab tortib ketaveradi. Bundan tashqari u "Tottenxem"da o‘ng qanotda o‘ynash tajribasiga ham ega bo‘lgan.

Markaziy yarim himoyachi

Ko‘proq hujumkor uslub kerak bo‘lsa, u shu yerda harakat qilishi kerak. Bu o‘zgarish Eriksen uchun juda maqbul bo‘ladi. "Inter"da u markaziy yarim himoyachi sifatida uch o‘yinda maydonga tushdi. Bunda u o‘ziga xos chuqur pleymeykerga aylanishi mumkin. Eriksen ajoyib paslarga ega. Bu mahorat nafaqat standartlarni bajarishda, balki uzoqdan zarba berishda ham qo‘l keladi - Krishtianu "Manchester Yunayted"da qolsa, buni albatta mukammal tarzda amalga oshirish mumkin. Bundan tashqari uchala pleymeykerni ham birvarakayiga maydonga joylashtiradigan ekstravagant variant ham mavjud: Fernandesh soxta to‘qqizlikka aylanadi, Eriksen chapga o‘tadi va Van de Bek hujumkor zonada o‘ynaydi.

Kristian futbolga qaytgandan so‘ng asosiy maqsad sifatida 2022 yilgi Jahon chempionatida o‘ynashni reja qilgan. "Manchester Yunayted" uning uchun albatta yaxshi tanlov bo‘ladi.

Kiritildi: 10:09, 17.07.2022.
O'qildi: 4242 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.