"Roma" "Yuventus"ning sobiq hujumchisi Paulo Dibala bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
Jurnalist Janluka Di Marsioning xabar berishicha, rimliklar 28 yoshli argentinalik futbolchiga bonuslar bilan birga yiliga 6 million yevrolik 3 yillik shartnoma taklif qilishgan.
Biroq tomonlar hozircha kelisha olishmayapti, chunki Dibala maoshning oshishiga umid qilmoqda.