Kirish Ro'yxatdan o'tish

De Ligt "Bavariya"da qancha mablag‘ ishlab olishi ma’lum qilindi

De Ligt "Bavariya"da qancha mablag‘ ishlab olishi ma’lum qilindi

Baho:
+ | -

TMW xabariga ko‘ra, "Yuventus"ning 22 yoshli himoyachisi Matteys de Ligt myunxenliklar klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi, unga ko‘ra u turli xil bonuslarni hisobga olmaganda, har mavsumda 10 million yevro ishlab oladi.

Oldinroq "Bavariya" de Ligtning transferiga 80 million yevro evaziga kelishib olgani haqida xabar berilgandi. Transfermarkt portali Niderlandiya terma jamoasi futbolchisini 70 millionga baholamoqda.

O‘tgan mavsumda himoyachi "Yuventus" safida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi 2019 yilning yozidan beri turinliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 16:41, 18.07.2022.
O'qildi: 2646 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик