"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag Garri Maguayr haqida fikr bildirdi.
- Yuqori himoya chizig‘i bilan o‘ynashni yoqtirasiz. Sizningcha, Garri Maguayr shunday o‘ynashga qodirmi?
- Menimcha ha. Menimcha, bizda yaxshi markaziy himoyachilar bor. Garri ulardan biri. U chapda ham, o‘ngda ham o‘ynay oladi, chunki u o‘ng oyoqli markaziy himoyachi.
- Sardorlik bog‘chasi Maguayrda qolganiga shubhangiz bormi? Futbolchilar o‘rtasida ovoz berish haqida o‘ylab ko‘rdingizmi?
- Yo‘q. Har doim sardor masalasini men hal qilishim kerakligiga ishonganman. Jamoa qurish katta ish va bu har doim gap bir guruh yetakchilar haqida boradi. Sardor juda muhim rol o‘ynaydi va men Maguayrdan mamnunman.
- Odatda sardor har bir uchrashuvda maydonga tushadi. Maguayrni asosiy futbolchi deb hisoblaysizmi?
- Menimcha, Garri buni o‘tmishda isbotlagan, lekin u buni hozir va kelajakda isbotlashi kerak. U Angliya terma jamoasi safida 60 o‘yin o‘tkazgan.
Garri ta’sirli va men undan ko‘p narsa kutaman. Lekin jamoada raqobat bor, bu "MYU" uchun kerak. 11 nafar futbolchi bilan g‘alaba qozonish mumkin emas. Bizga yaxshi tarkiblar kerak, ayniqsa o‘yinlar ko‘p bo‘lgan mavsumda. Biz Yevropa ligasida, Angliya chempionatida o‘ynaymiz, Jahon chempionati hali oldinda. Demak, sifatli o‘yinchilarni to‘liq qo‘llashimiz kerak. Bu yerda miqdor emas, sifat muhim.
"Garri qiyin mavsumni o‘tkazdi. Sardorning bog‘ichini ushlab turish unga ko‘proq ishonch bag‘ishlaydi", deb umid qilasizmi?
- Bu yordam berishi mumkin. Men uni hamma narsa bilan qo‘llab-quvvatlayman. Ammo baribir, u o‘zi buni boshdan kechirishi kerak va u buning uchun fazilatlarga ega. Maguayr buni o‘tmishda tez-tez ko‘rsatgan", dedi Ten Xag.