Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Yengil atletika. Safina Sa’dullayeva JCHda 5-o‘rinni egalladi

Yengil atletika. Safina Sa’dullayeva JCHda 5-o‘rinni egalladi

Baho:
+ | -

Amerika qo‘ma shtatlarining Oregon shtati Yujin shahrida yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugun balandlikka sakrash sektorida ayollar final bahslarida ishtirok etishdi.

O‘zbekistonlik atlet Safina Sa’dullayeva 12 nafar finalchi qatorida o‘z omadini sinab ko‘rdi. Hamyurtimiz ilk balandlik — 184 sm.ga sakrab o‘tirmadi va o‘z ishtirokini darhol 189 sm.dan boshladi. Safina 189, 193 va 196 sm. balandliklarni ilk urinishdayoq zabt etdi. Natijada u o‘z rekordini takrorladi.

Sa’dullayeva 198 sm. balandlikning ilk urinishida to‘siqdan oshib o‘ta olmadi. Shundan so‘ng u taktik yurish qildi. U mazkur balandlikning qolgan 2ta urinishidan foydalanmasdan, o‘z urinishlarini 2 metr balandlikka qoldirdi. Afsuski, vatandoshimiz o‘zining qolgan 2ta urinishida ham bu balandlikni zabt eta olmadi.

Natijada Safina Sa’dullayeva jahon chempionatida 5-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik sportchi Toki-2020 olimpiadasida 6-o‘rinni band etgandi.

Ushbu yo‘nalishda jahon chempioni unvonini avstraliyalik Eleanor Patterson qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni esa ukrainalik Yaroslava Moguchix egalladi. Ushbu sportchilar 204 sm. balandlikdan sakrab o‘ta olishmadi. Ammo 202 sm. balandlikni "yashil qit’a" vakili ilk urinishdayoq zabt etgani uchun oltin medalga ega chiqdi. Moguchix esa 202 sm.dan ikkinchi urinishda o‘tgandi.

Bronza medali italiyalik Yelena Vallortigaraga nasib etdi (2 metr).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:44, 20.07.2022.
O'qildi: 1788 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик