Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Murod Rizayev «el-klasiko» oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoklashdi

Murod Rizayev «el-klasiko» oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoklashdi

Baho:
+ | -

«El-klasiko» yaqin do‘stlar! Garchi bahs Amerika diyorida bo‘lib o‘tsa-da, garchi o‘rtoqlik uchrashuvi maqomiga ega bo‘lsa-da, garchi yangilar ushbu o‘yinda sinovdan o‘tkazilsa-da, garchi o‘yin vaqti qayerdadir 8.00 ga to‘g‘ri kelsa-da, bu baribir «el-klasiko». Dunyo ikkiga bo‘linaveradi.

Ma’lumotlarga qaraydigan bo‘lsam, bu rasmiy yubiley 250-«el-klasiko» bo‘larkan. Hozirgacha 249 o‘yinda roppa-rosa 100ta g‘alaba "Real"da, 97ta g‘alaba "Barselona"da. 52ta uchrashuv durang natija bilan yakunlangan. Esingizda bo‘lsa, 100-g‘alabani "Real" jamoasi Ispaniya superkubogi yarim finalida qo‘lga kiritgan edi. Asosiy vaqtda — 2:2. Ekstra taymda Valverdening goli "iaymairanglilar"ga g‘alaba keltirgan edi — 3:2.

Lekin oxirgi «klasiko»da "Real" o‘z uyida Benzemasiz 0:4 hisobida yutqazgan bo‘lsa-da, keyinchalik butun dunyoni yana xayron qoldira oldi. La Liga, Kubok, Superkubok, YECHL xullas turli xil musobaqalarda bo‘lib o‘tgan qarama-qarshilikdagi o‘zaro o‘yinlarda "Madrid"da ustunlik bor. Faqatgina o‘rtoqlik o‘yinlardagi «el-klasiko»larda "Barsa" ancha oldinda. 32ta o‘yin 18ta g‘alaba va 10ta durang. Demak, "Real" 4 ta o‘yinda g‘alaba qozongan.

Bu safargi to‘qnashuv ham o‘rtoqlik maqomiga ega. Ikkala grand jamoada ham jiddiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Biriga Robert Levandovski, Andreas Kristensen, Frank Kessye va Rafinya qo‘shilgan bo‘lsa, yana biriga Antonio Ryudiger va Orelyen Tchuameni qo‘shildi. Bu o‘yinga murabbiylar baribir yangilarni tushirishsa kerak. Shu bois uchrashuv o‘rtoqlik maqomiga ega bo‘lsa-da jang "qurbon"siz bo‘lmasligi aniq. Chunki Robert vaqt o‘tayotganligini his qilyapti. Yangi jamoada ham gol ura olishini isbotlashi kerak. Adama Traore ketgandan keyin Usmonning ham ishi yurishib qolsa ajab emas. Fati ham katta bola bo‘lib qoldi. Pedri ham mushaklarini ancha yaxshilab olgan. Benzema ham "Oltin to‘p"ini olishdan oldin gol urib turishi kerak. "Vinnipux" bilan Rodrigo bu mavsum yanada faol bo‘lishga harakat qilishadi.

Ha aytmoqchi, Azar uyg‘onyapti-ku... Har holda uning o‘zi katta va’dalar beryapti. Mashg‘ulotlarda ham ancha faol. O‘yin natijasini taxmin qilish judayam qiyin. Murabbiylarning bu o‘yinga qanday yondoshishlariga va qarashlariga ko‘p narsa bog‘liq. Xavi Las-Vegasga bormagan-ku, deysizmi? U o‘sha turgan joydan ham jamoasini boshqaraveradi. Kim biladi, balki futbolchilarda bosim kamroq bo‘lar.

Xullas, bu safar ham ajoyib «klasiko» bo‘ladi, deb umid qilaman. Faqat ishqibozlardan kattagina iltimos... Qaysi biri yutsa ham bir-biringizga so‘kinib, og‘izni harom qilmanglar. Bir-biringizni haqorat qilmanglar. Aksincha, tan berib tabriklashni o‘rganinglar. Mana bu mardning ishi bo‘ladi. Ikkalasi ham buyuk klublar. Shuni o‘zi yetarli bo‘lishi kerak. Ikkalasiga ham omad.

Uchrashuv 24-iyul kuni Nevada shtati, Las-Vegas shahridagi "Venue Allegiant stadium"da Toshkent vaqti bilan ertalabki soat 8.00 da boshlanadi.

Murod Rizayev

Manba: https://t.me/Murod_Rizo

"Барселона" "класико" олдидан "репитиция"да "Интер Майами" устидан 6:0 ҳисобида зафар қучди.

Kiritildi: 11:02, 20.07.2022.
O'qildi: 9099 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.