Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

Rossiyaning ikki klubi Husanovga qiziqish bildirgan edi

Rossiyaning ikki klubi Husanovga qiziqish bildirgan edi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi va «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanovning manfaatlarini himoya qiluvchi futbol agenti G‘ayrat Hasbiullin futbolchiga qiziqish bildirgan Rossiya klublari nomini aytdi.

"Qodirning o‘zi RPLni tanlamadi. Men aniq biladigan «Sochi»dan tashqari, uni «Alaniya» ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi, o‘sha paytdagi sport direktori Timur Demurov. U O‘zbekistondan ko‘plab futbolchilarni kashf qilgan", - deya agentning so‘zlarini Sport-Ekspress nashri keltirmoqda.

22 yoshli himoyachi o‘tgan yili «Manchester Siti» safiga borib qo‘shilgan edi. Husanov «shaharliklar» bilan 2029 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladigan uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzolagan. Futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 12:48, 08.07.2026.
O'qildi: 1794 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик