"Bavariya" yarim himoyachisi Yozua Kimmix gollandiyalik markaziy himoyachi Mattias de Ligtning transferiga munosabat bildirdi.
“Mattias 19 yoshda “Ayaks” sardori bo‘lgan. Banday imkoniyat kamdan kam futbolchiga beriladi, demak u o‘zining xatti-harakati bilan bunga loyiq.
Umid qilamanki, de Ligt "Bavariya" uchun ko‘p gol uradi. Bunday o‘yinchining himoyamizda bo‘lishi juda zo‘r”, — deydi Kimmix.