"Yuventus"ning yangi futbolchisi Gleison Bremer yangi klubida raqam tanladi. 25 yoshli braziliyalik futbolchi 3-raqamda maydonga tushadi.
Ilgari turinliklar sardori Jorjio Kyellini bu raqam ostida o‘ynagan, u 2005 yilda klubga qo‘shilganidan keyin uni qabul qilgan. Sobiq himoyachi iyun oyida "Los-Anjeles"ga ko‘chib o‘tdi.
2021/22 yilgi mavsumda A seriyaning eng yaxshi himoyachisi Bremer “Yuventus” bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.