"PSJ"ning yangi bosh murabbiyi Kristof Galtiye jamoada tartib-intizomni kuchaytirdi.
Bundan buyon Parij klubi futbolchilariga ovqat paytida telefondan foydalanish taqiqlanadi, deb xabar beradi L’Equipe.
Shuningdek, mashg‘ulotlar boshlanishiga uzrli sababsiz kechikib qolgan futbolchilar mashg‘ulotlarga qo‘yilmaydi va uyiga jo‘natiladi.