Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/01 00:45 Roma 1-1 Milan
26/01 01:00 Alaves 2-1 Betis
27/01 00:45 Verona 1-3 Udineze
27/01 01:00 Jirona 1-1 Xetafe
27/01 01:00 Everton 1-1 Lids

Pavarning xizmatlariga bir qator grand klublar qiziqish bildirmoqda

Pavarning xizmatlariga bir qator grand klublar qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

“Bavariya” himoyachisi Benjamin Pavar Yevropaning bir qancha top-klublari e’tiborida bo‘lib turibdi. Bu haqda RMC jurnalisti Loik Tanzi xabar bermoqda.

Fransiyalik futbolchiga “Yuventus”, “Atletiko”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted” qiziqish bildirmoqda, biroq hozircha hech bir klub taklif bilan chiqmagan. Pavar qiziqishdan xabardor va kelajagi haqida o‘ylamoqda.

Pavar o‘z kelajagini o‘ylayotgan bo‘lsa-da, u o‘zining 4-mavsumini ham "Bavariya"da o‘tkazishdan xursand bo‘lardi. Shartnoma bo‘yicha muzokaralar bahorda boshlangan. Klub boshliqlari Pavarga uning qarorini hurmat qilishlarini aytishgan. Futbolchi 35 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 15:15, 21.07.2022.
O'qildi: 1327 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.