Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachisi Mats Xummels klubdan shartnomani uzaytirish bo‘yicha takliflar kamligini tushunishini ochiqchasiga tan oldi.
"Borussiya" rahbariyatiga agar ularning o‘rnida bo‘lsam, hozir men bilan shartnomani uzaytirmasligimni aytdim", - dedi futbolchi intervyuda.
Xummelsning aytishicha, uning hozirgi jismoniy holati klub talablariga javob bermaydi.
Futbolchining shartnomasi kelasi yozda tugaydi, biroq uning so‘zlariga ko‘ra, Xummels kelajagi haqida unchalik qayg‘urmaydi.