Madridning «Atletiko» klubi yarim himoyachisi Toma Lemar klub bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi, deb yozadi jurnalist Fabrisio Romano o‘zining Tvitterdagi sahifasida.
Madrid klubi 26 yoshli yarim himoyachi bilan shartnomani 5 yilga uzaytirishi kutilmoqda. Shartnoma 2017 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fransiyalik futbolchi o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Lemar 2018 yilda «Monako»dan «Atletiko»ga o‘tgan edi. Transfer summasi 70 million yevroni tashkil etdi.
O‘tgan mavsumda Lemar Ispaniya chempionatining 22 ta o‘yinida qatnashib, 2 ta sariq kartochka oldi.