Ispaniya matbuoti "Barselona"ning "Vilyarreal"dan Pau Torresni sotib olish istagi borligini xabar qildi.
O‘yinchi Jyul Kundega muqobil hisoblanmoqda, biroq u "ko‘k-anorranglilar" lageriga o‘tmoqchi emas.
Tez orada jamoa yana taklif yuboradi. 25 yoshli ispaniyalik futbolchiga avvalroq “Manchester Yunayted” qiziqayotgan edi, biroq "mankunianliklar" bu variantidan voz kechdi.
O‘tgan mavsum Torres "sariq suvosti kemasi" uchun barcha turnirlarda 46 ta o‘yin o‘tkazdi. Himoyachi oltita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.