Italiyaning “Roma” klubi himoyachi Dan-Aksel Zagaduni nishonga oldi.
Jurnalist Fabrisio Romanoning fikricha, fransiyalik futbolchi "PSJ" yarim himoyachisi Jorjinyo Veynaldum bilan birga "Roma"ning transfer bozoridagi navbatdagi maqsadi hisoblanadi.
E’tiborlisi, Zagadu "Borussiya Dortmund"dan ketganidan keyin erkin agent maqomida. “Roma” vaziyatdan unumli foydalanib, himoyachini klubga tekinga taklif qilmoqchi.
Avvalroq, “bo‘rilar” ikki nafar erkin agent – Paulo Dibala va Nemanya Matich bilan shartnoma imzolagandi.
23 yoshli Zagadu Germaniya Bundesligasida 67 ta o‘yin o‘tkazdi. Ushbu o‘yinlarda futbolchi to‘rtta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.