"Liverpul" va Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Stiv Makmanaman
"Men uchun "Liverpul" juda ham qadrli, bu klub juda katta ahamiyatga ega. Farzandlarimni "Enfild"ga olib kelganim va ular bu yerga kelishni yaxshi ko‘rishlari klubdagi atmosferadan dalolat beradi.
Bu klub har doim mehmondo‘st. Bu yerda bo‘lganingizda o‘zingizni erkin his qilasiz. Enfilddagi muhit ajoyib.
Men chet elda o‘ynaganimda barcha o‘yinchilar ingliz stadionlari eng zo‘r va ayniqsa "Enfild"da ekanligini aytishgan. U yaratgan muhit chindan ham raqiblar uchun qo‘rqinchli", — deydi Makmanaman.