“Strogino” plyaj futboli klubi bosh direktori Dmitriy Strutinskiy hujumchi Artem Dzyubaga jamoadan joy taklif qilganini aytdi.
"Dzyuba, albatta, plyaj futboliga mos tushadi, 100%. U super forvard bo‘ladi, harakat qilib ko‘ring. "Strogino" siz uchun ochiq", - dedi Strutinskiy.
33 yoshli Dzyuba shu yozda "Zenit"ni tark etganidan so‘ng erkin agentga aylandi. U hozirda Qozonning "Rubin" klubida mashg‘ulotlar olib bormoqda.