Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ronaldu Lissabonda Mendeshdan ko‘rsatma kutmoqda

Ronaldu Lissabonda Mendeshdan ko‘rsatma kutmoqda

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Lissabonda qolmoqda va u yerda agenti Xorxe Mendeshdan ko‘rsatma kutmoqda, deb xabar beradi Football Daily.

Mendesh Ronaldu uchun yangi klub topishga harakat qilmoqda. Portugaliyalik hujumchi Chempionlar ligasida o‘ynaydigan jamoaga o‘tmoqchi ekani ma’lum qilingandi. Ronalduga "PSJ", "Atletiko" va "Chelsi" qiziqish bildirgan, biroq keyinchalik klublar portugaliyalik hujumchini sotib olish fikridan voz kechishgan.

Krishtianuning o‘zi "Manchester Yunayted"ni tark etish uchun maoshini 30 foizga kamaytirishga tayyor.
Avvalroq Ronaldu “Manchester Yunayted” bilan mavsumoldi turnega chiqmagandi.

Ronaldu “Manchester Yunayted”da 2021 yildan buyon to‘p tepadi. Portugaliyalik hujumchining klub bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 09:41, 23.07.2022.
O'qildi: 9819 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик