"Lasio" hujumchisi Vedat Murichi "Malyorka" bilan to‘liq shartnoma imzoladi, deb xabar beradi klub rasmiy sayti.
28 yoshli kosovalik futbolchi bilan kelishuv 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Murichi 2021/22 yilgi mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida "Malyorka"da o‘tkazdi. Hujumchi ispan klubi safida 16 uchrashuvda 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.