Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Barcha birdek yaxshi ko‘radigan 10 futbolchi (davomi)

Barcha birdek yaxshi ko‘radigan 10 futbolchi (davomi)

Baho:
+ | -

 Sofokl va Shekspirning buyukligi ularning “shox” asarlarida. Ikki yozuvchi drammalarining “shox” deb atalishga sabab esa, asardagi qahramonlarni o‘quvchilar yaxshi ko‘ra olmaydi. “Shox Edip”dan tortib “Qirol Lir”gacha barcha asardagi asosiy qahramonlarning kamida bitta qusuri yomon ko‘rishimizga yetarli bo‘lib chiqadi. Hozirgi zamon futboli ham shunday bo‘lib bormoqda. Qaysidir futbolchini harakteri yokida sevimli jamoamiz darvozasiga gollar urgani uchun yomon ko‘ramiz. Ammo shunday futtbolchilar borki ularni hamma birdek yaxshi ko‘rishadi. Agar siz ularning professionalligiga va maydon tashqarisidagi harakatlariga yaxshi boaho bermasangiz, demak futbolni tushunmaysiz. Quyida aynan men aytgan futbolchilar bilan tanishamiz.

5. Ronaldinyo

Ronaldinyo maydonda simulasiyalar qilgan. Uning faoliyatida provasion harakatlar ham uchragan. Futboldan tashqarida braziliyalik “hurmacha” qiliqlar qilgan. Raqibarni mensimaslik xolati ham uchragan. Ammo bunday qusurlar “sehrgar”ni yomon ko‘rish uchun kamlik qiladi. Chuunki Ronaldinyo o‘z nomi bilan “sehrgar”. Uning o‘yiniga barcha birdek tan bergan. Bunday futbolchilar “anqoning urug‘i”. Shunchaki unga bir ashuladagi ta’rifning o‘zi yetarli “futbolda Ronaldinyo desa hamma tan olardi”. Uning o‘yinidan bahra olmaslik mumkin emas edi.

4. Andrea Pirlo

Pirlo ham O‘zil yoki Inyesta singari futbolchi. Ammo uning ulardan yuqori o‘rindaligiga 2 sabab bor. Birinchisi italiyalik “Real” yoki “Barselona”da o‘ynamagan. Ikkinchisi u italiyalik tayanch yarim himoyachisi. Yuqorida aytganimdek bu pozisiyada o‘ynab, yomon ko‘rinmaslik juda murakkab ish. Ular asosan raqiblariga nisbatan qo‘pol o‘ynaydigan jangchi bo‘lishi kerak. Italiyalik yana bir yarim himoyachi Jenarro Gattuzoni eslang. Pirlo umuman boshqa dunyo. Uning juda kamtarligi esa tahsinga sazavor. Shunchaki, Pirlo futbol Maestrosi bo‘lib qoaveradi.

3. Sadio Mane

 Manening futbol ichidagi qilgan ishlaridan ko‘ra futboldan tashqari qilgan ishlari ko‘proq muxlislarga yoqadi. Sadioni manman futbolchi deganlar ham bo‘lgan. Ammo Sadio haqiqiy Islom dini vakilidir. Uning qilgan hayriya ishlari esa juda ham katta hurmatga loyiq. Kambag‘allikdan qochib, futbolchi bo‘lganlar juda ko‘p. Ammo Sadioning kamba0allarga berayotgan yordami albatta ajoyib. Uning raqibni hurmat qilishi ham o‘rnak olishga arzigulik holat. Mane omma e’tiborida bo‘lishni istaydigan futbolchi ham emas. U va Salohni ko‘plab futbol ishqibozlari o‘xshatishadi. Ammo Saloh mikrafon oldida juda faol va qasoslar haqida gapirib ko‘plab “xeyter”lariga ega bo‘ldi. Manening kamtarligidan o‘rnak olsa bo‘ladi. Bir necha yil oldin uning masjid xojatxonasini tozalayotgani videolari chiqqanligi ham barchaga ma’lum.

2. Stiven Jerard

Jerard deganda 8-raqamli qizil libosdagi sardor ko‘z oldimizga keladi. Uning “xeyter”lari bo‘lmasligi tabiiy. Chunki futbolchi faqat bir jamoa libosida maydonga tushgan, “Real” yoki “Barselona”da o‘ynamagan va simulansiya futbolchisi emas. To‘g‘ri bunday futbolchilar ko‘p. Ammo Jerard ular orasida ko‘proq muxlislarga yoqadi va uni hamma birdek xurmat qiladi. “Kapitan”, Torres “Liverpul”ni tark etgan payti hamma uni haqorat qilganida, Fernandoga omad tilagan va muxlislarni bunday qilmaslikka chaqirgan futbolchidir. Uning raqiblariga nisbatan xurmati esa umuman boshqa darajada. Menimcha, Jerardni yomon ko‘radigan futbol ishqibozi bo‘lmasa kerak. Bir o‘yinda uchtalab butsa yirtgan futbolchining gollari esa umuman boshqa darajada. Balki, uni urgan gollar uchun ham muxlislar sevishar.

1. N’golo Kante

Ko‘pchilik kutganidek, birinchi pog‘ona Kantega tegishli. Fpansuzning bu o‘rindaligi biroz bahs munozaraga sabab bo‘lishi mumkin. Ammo Kante bunga loyiq. Maneni aytdikku, hayriya ishlarida faol deb. Kante unday qolishmaydi. “Chelsi”ga kelib, katta maosh olgan futbolchi bir yil deganda ham o‘zining eski 1993 yilda ishlab chiqarilgan Mersedes Minisini almashtirmagan N’golo birdaniga hammaning e’tiboriga tushgan. Hamma buni uning kamtarligiga yo‘ygan. Ammo futbolchi maoshining katta qismi hayriya ishlariga sarflangan va N’golo buni uzoq vaqt sir tutgan. N’golo shu darajada kamtar insonki, hatto Chempionlar ligasini yutganida ham ortiqcha emosiyalarga berilmagan. To‘g‘ri, o‘sha paytdagi intervyuda “qovun tushurgan”. Ammo buning hammasi hayajon bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Nima bo‘lganda ham, Kanteni barcha birdek yaxshi ko‘radi va xurmat qiladi. N’golo futbolchilar orasidagi eng kamtar inson bo‘lsa kerak.  

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:07, 23.07.2022.
O'qildi: 8312 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.