"Chelsi" yarim himoyachisi Jorjinyo "Napoli"dagi sobiq jamoadoshi Kalidu Kulibalini Tomas Tuxel jamoasiga o‘tishga qanday ishontirgani haqida gapirdi.
"Men unga shunchaki aytdim. Kel, birga o‘ynaymiz. Sen bilan birga o‘ynashni sog‘indim", - dedi Jorjinyo Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Kulibalining transferi "Chelsi"ga 38 million yevroga tushgan edi. Bonuslarni qo‘shib hisoblaganda, bu miqdor 40 milliongacha oshishi mumkin.