Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

“Metallurg” nazorat uchrashuvida “Xo‘jand”ni mag‘lubiyatga uchratdi

“Metallurg” nazorat uchrashuvida “Xo‘jand”ni mag‘lubiyatga uchratdi

Baho:
+ | -

Mamlakat milliy chempionatining ikkinchi davra bahslariga tayyorgarlik ko‘rayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi kecha navbatdagi nazorat uchrashuvini safarda Tojikistonning “Xo‘jand” jamoasiga qarshi o‘tkazib, yana yirik hisobda zafar quchdi. Gollarga boy o‘tgan bu bahsda "Ma’danchilar" maydon egalarini 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi.
Dastlab, mezbonlarning legioner hujumchisi Ilya Kojuxar tomonidan hisob ochilgandi. Shundan keyin tashabbusni to‘liq o‘z qo‘liga olgan “Metallurg” maydon egalari darvozasi yonida ketma ket xavfli vaziyatlarni yaratdi va ulardan beshtasidan unumli foydalandi. Jamoaning hujum chizig‘ida ko‘rikdan o‘tayotgan Bobur Farhodov ikkita gol urib, dublni rasmiylashtirdi. Shuningdek, Behruz Shodmonov, Bektemir Abdumannonov va Anvar G‘ofurov ham o‘z hisoblariga bittadan gol yozdirib qo‘yishdi.
Shu tariqa, “Metallurg” Tojikistonning “Xo‘jand” jamioasiga qarshi bu yil hisobidan o‘tkazilgan ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinida ham yirik hisobda g‘alaba qozondi. Yodingizda bo‘lsa, dastlabki o‘yin bundan ikki oy muqaddam Bekobodda – “Metallurg” hujumchisi Zohid Abdullayevning katta futbol bilan xayrlashuv uchrashuvida kuzatilgandi. O‘shanda bekobodliklar 3:0 hisobida zafar quchishgandi. Bu safar Xo‘jandda kechgan javob uchrashuvida ham omad Toshkent viloyati vakillari tomonida bo‘ldi.

Nazorat uchrashuvi
23 iyul, shanba
“Xo‘jand” (Tojikiston) – “Metallurg” (O‘zbekiston) – 1:5
Gollar: Ilya Kojuxar – Bobur Farhodov (2 ta), Behruz Shodmonov, Bektemir Abdumannonov, Anvar G‘ofurov.

Manba: "Металлург" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 05:25, 24.07.2022.
O'qildi: 1329 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик