Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Og‘ir atletika: Nigora Suvonova Osiyo chempioni, Nurbol Abdurashidov va Xushnoza Xoliqova 3tadan medal qo‘lga kiritishdi

Og‘ir atletika: Nigora Suvonova Osiyo chempioni, Nurbol Abdurashidov va Xushnoza Xoliqova 3tadan medal qo‘lga kiritishdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ayni kunlarda yurtimizda og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun 5 nafar atletimiz supachaga chiqishdi. Quvonarlisi, ularning barchasi shohsupaga ko‘tarildilar. Iqtidorli vakilalarimizdan biri Nigora Suvonova -81 kg vazn toifasida ham o‘smirlar, ham yoshlar toifasida barcha yo‘nalishlar bilan hisoblaganda jami 6 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi.

O‘smirlar:

-81 kg vazn toifasida Nigora Suvonova barcha yo‘nalishlarda 3ta oltin medal bilan 1-o‘rinni egalladi – 212 (95+117) kg;

+102 kg vazn toifasida Nurbol Abdurashidov 3ta kumush medalni qo‘lga kiritdi – 316 kg (145+171) kg;

+81 kg vazn toifasida Xushnoza Xoliqova barcha yo‘nalishlarda sovrindor bo‘ldi, 3ta bronza – 185 (95+104) kg.

Yoshlar:

-81 kg vazn toifasida Nigora Suvonova bu gal ham barcha yo‘nalishlarda, ya’ni dast ko‘tarish mashqida, siltab ko‘tarish mashqida hamda ikkikurash natijasiga ko‘ra 1-o‘rinni egalladi – 212 (95+117) kg.

Bugungi dasturlarda avvalroq, yoshlar o‘rtasida -102 kg vazn toifasida Sharofiddin Amriddinov 3ta oltin, Qudratbek Salimjonov 2ta bronza medalni qo‘lga kiritgan edi. Bundan tashqari, o‘smirlar o‘rtasida Qudratbek Salimjonov 3ta kumush medalni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 22:40, 24.07.2022.
O'qildi: 1856 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик