Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Diyor Imomxo‘jayev Baxtiyor Qosimovning «Al-Xor»ga o‘tishi borasida fikr bildirdi

Diyor Imomxo‘jayev Baxtiyor Qosimovning «Al-Xor»ga o‘tishi borasida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Baxtiyor Qosimov Qatarning «Al-Xor» jamoasi bilan 1 yillik shartnoma imzolagani haqida o‘qigandirsiz. Bu qanday amalga oshgani haqida futbolchining o‘zi ham so‘zlab berdi. Bunda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish lozim.

Baxtiyor legionerga «Surxon» klubidagi o‘yinlari orqali aylandi. Bu muhim faktor. Katta maqsadlar sari eng yaqin yo‘l faqatgina Toshkent bo‘lib qolishi kerak emas. Har qanday jamoa menejerlari xalqaro aloqalarni yaxshi yo‘lga qo‘ya olishi muhim. U hatto Superligada 10-o‘rinda borayotgan bo‘lsa ham.  

«Surxon» klubidagi futbolchilar statistikasiga nazar solsangiz, Baxtiyor mavsum avvalida 12 ta uchrashuv o‘tkazdi. Ya’ni, ispaniyalik mutaxassis uning xizmatlaridan yetarlicha foydalanib kelayotgandi. Shunga qaramay, «Surxon» futbolchi hayotida yangi sahifa ochilishiga qarshilik qilmadi.

Qosimov bunga qadar ikki mavsum "Andijon" sharafini himoya qildi. Ungacha "Xotira-79" safida to‘p tepdi. Agar futbolchining o‘zida nimadir bo‘lsa, u Birinchi liganing o‘zidayoq ko‘zga ko‘rinishi va kattaroq jamoaga yo‘l olishi mumkin. Mazkur jihat bugun Birinchi ligada to‘p surayotgan yoshlarga motivasiya berishi va ular ishlashdan to‘xtamasligi kerak.

«Al-Xor» Qatar quyi ligasida o‘ynaydi va Yulduzlar ligasiga qaytishga bel bog‘lagan. O‘z-o‘zidan Yulduzlar ligasida o‘ynashdan ko‘ra, quyi liga orqali jamoaning ajralmas qismiga aylanib olish osonroq. Agar shu mavsum futbolchi o‘zini har taraflama ko‘rsata olsa va «Al-Xor» ham Yulduzlar ligasiga qaytsa, katta ehtimol bilan klub shartnomani uzaytirish uchun muzokaralar stoliga qayta o‘tirishi mumkin.

Umuman olganda o‘zbekistonlik futbolchining legioner sifatida boshqa mamlakatda to‘p tepishi har taraflama foydali. «Surxon» uning pozisiyasida boshqa futbolchiga imkon beradi, futbolchining o‘zi avvalgidan yaxshiroq maoshga ega bo‘ladi, haqiqiy musofirchilik qanday ekanini ko‘radi, shaxs sifatida o‘sadi. Biz yangi jamoasi safida Baxtiyor Qosimovga ulkan muvaffaqiyat tilab qolamiz.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 23:06, 24.07.2022.
O'qildi: 3867 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик