"Yuventus" yarim himoyachisi Adryen Rabyo Turin klubining yoshlar jamoasiga o‘tdi, deya xabar beradi Tuttomercatoweb.
Manbaga ko‘ra, klub murabbiylar shtabi futbolchini rejalariga kiritmagan, shu bois u Amerika safari davomida jamoaga yordam berolmaydi. “Yuventus” futbolchini 18 million yevroga sotishga tayyor.
27 yoshli Rabyo o‘tgan mavsumda "byankonerilar" safida barcha turnirlarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.