"Brayton" bosh murabbiyi Grem Potter himoyachi Mark Kukurelya bilan bog‘liq mish-mishlarga izoh berdi, u matbuotda "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin edi.
Eslatib o‘tamiz, "chaykalar" ispaniyalikning transferi uchun "shaharliklar"dan 60 million yevro talab qilishmoqda.
"Kukurelya "Brayton"da baxtli. Hamma mish-mishlar o‘z yo‘liga, bu normal holat, chunki u kuchli futbolchi.
Har bir futbolchi uchun transfer oynasining kelishi imkoniyatdir”, deydi Potter matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Kukurelya "Xetafe"dan "Brayton"ga o‘tganidan keyin Angliya Premer-ligasida bor yo‘g‘i bir mavsum o‘tkazdi.