"Tottenxem" hujumchisi Son Xyon Min Garri Keyn bilan o‘tgan yilgi gollar rekordini yangilamoqchi ekanligini aytdi.
Sonning GQ Korea nashriga aytishicha, u va Garri Keyn o‘tgan mavsumda 41 ta gol urishgan, bu Angliya Premyer-ligasida eng yaxshi hujumkor duet sanaldi. Futbolchining ta’kidlashicha, ular Keyn bilan yaxshilanish istagi kuchli, chunki ular nafaqat mahorat, balki futbol xususiyatlarida ham o‘xshash.
Son, Premyer-ligada o‘tgan mavsumda o‘rnatilgan gollar rekordini yangilashni xohlashini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, APLning 1-turida "Tottenxem" 6 avgust kuni "Sautgempton" bilan uchrashadi.