"Leypsig" himoyachisi Nordi Mukiyele tibbiy ko‘rikdan o‘tish va "PSJ" bilan shartnoma imzolash uchun Parijga uchib ketdi. Fabrisio Romanoning tvitterda yozishicha, 24 yoshli fransiyalik futbolchi allaqachon birinchi sinovlardan o‘tgan, davomi 26 iyul, seshanba kuni bo‘ladi.
Avvalroq, Mukiyelega "Chelsi" ham qiziqish bildirgani, "PSJ" Fransiya terma jamoasi futbolchisi uchun kurashda g‘alaba qozongani ma’lum bo‘lgandi.
O‘tgan mavsumda fransiyalik himoyachi 37 o‘yinda 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.