Bir oy oldin Tuttosport Yevropaning 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi yosh futbolchisi sovrini uchun kurashayotgan 100 nafar futbolchi ro‘yxatini e’lon qildi. Biz esa ular orasidan Golden Boy - 2022 sovrini uchun yettita eng yaxshi nomzodni saralab oldik.
Jud Bellingem, "Borussiya"
Bellingem bizning ro‘yxatdagi eng qimmat futbolchi (80 mln yevro). U 2021/2022 yilgi mavsumda “Borussiya” safida 46 ta o‘yindan 44 tasini o‘tkazib, 6 ta gol va 14 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Ingliz futbolchisining samaradorligi klubda ikkinchi o‘rinda bo‘ldi. Ushbu yozda yarim himoyachiga "Real", "Liverpul" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirgan, biroq Bild xabariga ko‘ra, "Borussiya" o‘z futbolchisini 120 million yevrodan kamiga sotmaydi. Jud golden Boy'ning favoritlaridan biri. O‘tgan mavsumda "Borussiya"da bu sovrinni qo‘lga kiritgan futbolchi bor edi - Erling Xoland.
Jamol Musiala, "Bavariya"
19 yoshli hujumkor yarim himoyachi 2021/2022 yilgi mavsumda 40 ta o‘yinda maydonga tushdi, biroq asosiy tarkibdan ko‘ra tez-tez zaxiradan maydonga tushdi. Shunga qaramay Musiala nafaqat chempionlik va Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi, balki “gol+pas” tizimida 8+6 natija qayd etdi va Bundesligada 50ta o‘yin o‘tkazgan “Bavariya”ning eng yosh futbolchisiga aylandi.
Gavi, "Barselona"
Gavi "Barselona"ning yangi yulduzi. Ispaniyalik futbolchi 2021/2022 yilgi mavsumda darhol asosiy futbolchiga aylandi, terma jamoadagi debyutini o‘tkazdi va u yerda ham darhol o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Bir nechta rekordlarni qayta yozgan yarim himoyachining La Ligada ikkita gol va oltita golli uzatmasi bor. Gavining "Barselona" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan, biroq shu yozda yangi shartnoma imzolanadi. Marca xabariga ko‘ra, 17 yoshli futbolchining tovon puli 1 milliard yevroni tashkil qiladi.
Eduardo Kamavinga, "Real Madrid"
Garchi Kamavinga chempion, Ispaniya Superkubogi va Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylangan bo‘lsa-da, uning nominasiyada g‘alaba qozonish imkoniyati u qadar yuqori emas. Birinchidan, fransiyalik futbolchi 2021/2022 yilgi mavsumda asosiy tarkibda maydonga tushmagan. Ikkinchidan, Kamavinga raqiblari kabi jamoasining muvaffaqiyatiga katta hissa qo‘shmadi. Agar Eduard sovrin sohibi bo‘lishga muvaffaq bo‘lsa, katta ehtimol bilan bunga "Real Madrid" bilan qo‘lga kiritilgan sovrinlar sabab bo‘ladi.
Karim Adeyemi, "Borussiya Dortmund"
Adeyemi Xoland izidan bormoqda. Shu yozda u Dortmundning “Borussiya” klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. "Red Bull Salsburg" uchun hujumchi barcha musobaqalarda 44 o‘yinda 23 ta gol urdi va endi norvegiyalik futbolchini to‘liq o‘rnini bosishi kerak bo‘ladi. Avstriya klubi bilan birgalikda nemis chempion bo‘ldi va mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi. Aytgancha, Adeyemi 2021 yilgi yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati g‘olibi hisoblanadi.
Rayan Gravenberx, "Bavariya"
20 yoshida Gravenberx "Ayaks" tarkibida 100 dan ortiq o‘yinni yuqori saviyada o‘tkazdi. Shu bilan birga, markaziy yarim himoyachi mavsum oxirida koronavirus va to‘pig‘idan jarohat bo‘lmaganida yana bir necha o‘yin o‘tkazishi mumkin edi. "Bavariya" tarkibiga ko‘ra, Gravenberxning bitta raqibi bor - Leon Goretzka, u mavsum boshlanishini o‘tkazib yuboradi va sentyabr o‘rtalarida tarkibga qaytadi. Niderlandiyalik futbolchi allaqachon uch karra mamlakat chempioni va ikki karra kubok sohibi bo‘lgan.
Yoshko Gvardiol, "RB Leypsig"
"Leypsig"dagi mavsum Gvardiol uchun omadli keldi: u asosiy himoyachi bo‘ldi, deyarli 50 ta o‘yin o‘tkazdi va Germaniya kubogini qo‘lga kiritdi. Tez rivojlanishi tufayli bu yozda bir nechta klublar Yoshkoga da’vogarlar: "Tottenxem", "Barselona" va "Chelsi". Londonliklar xorvatni “Barselona” futbolchisiga aylanmoqchi bo‘lgan Sezar Aspilikuetaning o‘rnini egallashini istamoqda. 2026 yilning yozigacha bo‘lgan shartnomani hisobga olsak, "Chelsi" markaziy himoyachi uchun kamida 40 million yevro to‘lashi kerak. Ammo "Leypsig" uni qo‘yib yuborishga rozi bo‘ladimi?