Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Azar APLda qaysi himoyachiga qarshi o‘ynash qiyin ekanligini ochiqladi

Azar APLda qaysi himoyachiga qarshi o‘ynash qiyin ekanligini ochiqladi

Baho:
+ | -

"Real" hujumchisi Eden Azar Angliya Premyer-ligasida qaysi futbolchiga qarshi o‘ynash unga eng qiyin bo‘lgan degan savolga javob berdi.

“Men uchun eng qiyini Kayl Uokerga qarshi o‘ynash edi. U mendan kuchliroq va tezroq edi. Uni mag‘lub etish qiyin edi", - dedi Azar ESPN GB bilan suhbatda.

Azar 2012 yildan 2019 yilgacha "Chelsi"da o‘ynagan. London klubi safida u barcha musobaqalarda 352 ta o‘yin o‘tkazib, 110 ta gol urgan va 92 ta golli uzatmani amalga oshirgan. "Chelsi" tarkibida forvard ikki marta Angliya chempioni bo‘ldi, Angliya kubogi va Liga kubogini qo‘lga kiritdi, ikki marta Yevropa ligasi g‘olibiga aylandi. 2014/15 yilgi mavsumda Azar Premyer-ligada mavsumning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

Azar 2019 yilda 115 million yevro evaziga "Real"ga o‘tgan edi.

Kiritildi: 18:04, 26.07.2022.
O'qildi: 3877 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик