Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

"Inter" o‘z himoyachisi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara olib boradi

"Inter" o‘z himoyachisi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara olib boradi

Baho:
+ | -

Italiyaning “Inter” klubi niderlandiyalik himoyachi Stefan de Vreyning agenti bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshladi, deb xabar bermoqda Corriere dello Sport.

30 yoshli himoyachi bilan amaldagi shartnoma kelasi yili yakuniga yetadi. Yangi shartnoma tafsilotlari yozgi transfer oynasi tugaganidan keyin muhokama qilinadi.

De Vrey Milanda baxtli. U shartnomasini uzaytirish va “neradzurrilar” bilan qolishni davom ettirish haqida o‘ylamoqda.

Oldinroq futbolchiga Londonning "Chelsi" klubi qiziqish bildirayotgani, uni ingliz klubini tark etgan Antonio Ryudigerga o‘rinbosar sifatida ko‘rayotgani haqida xabar berilgandi.

30 yoshli De Vrey 2018 yildan buyon “Inter” safida to‘p suradi. 2021/2022 yilgi mavsumda futbolchi 41 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:49, 27.07.2022.
O'qildi: 1513 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик