Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ronaldu "MYU" ishtirokidagi o‘rtoqlik uchrashuviga tashrif buyurdi

Ronaldu "MYU" ishtirokidagi o‘rtoqlik uchrashuviga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoasining "Reksem"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuviga tashrif buyurdi, deb xabar beradi RobBryanRed. Portugaliyalik o‘yinning o‘zida ishtirok etmadi.

Uchrashuv “Manchester Yunayted”ning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvda o‘yin amaliyotiga muhtoj futbolchilar ishtirok etishdi.

Xabar qilinishicha, Ronalduning "Manchester Yunayted"dagi kelajagi hozircha noma’lum.

Hujumchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali futbolchini 30 million yevroga baholamoqda.

O‘tgan mavsumda Ronaldu barcha turnirlarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 05:56, 28.07.2022.
O'qildi: 5121 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.