Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/10 01:00 Boliviya 1-0 Kolumbiya
11/10 02:00 Ekvador 0-0 Paragvay
11/10 02:00 Venesuela 1-1 Argentina
11/10 05:00 Chili 1-2 Braziliya
12/10 05:00 Peru - Urugvay
12/10 19:00 Dinamo - Navbahor

"Barselona" o‘yinchilarini birin ketin sotishga majbur bo‘lmoqda. Buning sababi nimada?

"Barselona" o‘yinchilarini birin ketin sotishga majbur bo‘lmoqda. Buning sababi nimada?

Baho:
+ | -

O‘tgan hafta oxirida "Barselona" bosh murabbiyi Xavi klub transfer bozorida faol ishlayotganini aytdi: "Menimcha, biz juda yaxshi transferlarni amalga oshirmoqdamiz. Biz optimistmiz, hali uch hafta bor. Bu masalaga ijobiy munosabat bilan qaraymiz”.

U aytgan yaxshi transferlar qatoriga "Bavariya"ning sobiq yulduzi Robert Levandovski, vinger Rafinya Dias, yarim himoyachi Frank Kessie va himoyachi Andreas Kristensen kiradi. "Barsa" avgust oyi o‘rtalarida boshlanadigan La Liganing yangi mavsumida "Real"ga qarshi maydonga tushmoqda.

Ammo Kataloniya klubiga qayta qurishni yakunlash uchun yana nima kerak? Biz bu masalani quyida muhokama qilamiz.

"Barsa" so‘nggi yillarda o‘z aktivlari bilan shug‘ullanishi kerak. Oddiy gap bilan aytganda, yangi kelganlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun birinchi navbatda eski futbolchilarni sotish zarur.

Marca nashri xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hozirgi tarkibdan bir nechta o‘yinchiga chiqish eshiklarini ko‘rsatishiga to‘g‘ri keladi. Chunki yozgi transferlardan keyin maoshlar fondi sezilarli darajada oshgan. Bundan tashqari, Serxi Roberto va Usmon Dembele yangi shartnomalar bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

Mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar haqidagi yangiliklarda Frenki de Yong va Memfis Depay nomlari faol tarzda tilga olinmoqda. Frenki allaqachon "Real"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Pike bilan birga markaziy himoya zonasida o‘ynagan. Ayni dam "Milan"dan erkin agent sifatida sotib olingan Frenk Kessie De Yong bilan raqobatlashishga harakat qilib ko‘radi.

Ha, De Yong bu pozisiyada bosimdan osongina chiqib keta oladi, Xavi esa maqtovlar aytishi mumkin, ammo hozir “Barsa” uchun moliyaviy feyr-pley muhimroq. Shu sababli, Frenkidan maoshini kamaytirishni qat’iyat bilan so‘rashadi, bu esa futbolchi va ispan giganti o‘rtasidagi munosabatlarga foyda keltirmaydi. Memfis Depay nafaqat pulni, balki sovrinlarni ham xohlaydi. U 20 millionga baholanmoqda.“Barsa” bu futbolchilar bilan qanday murosaga kelishi hozircha sir va rahbariyat uchun qiyin vazifa bo‘lib qolmoqda.

Gollandiya futbolchilar uyushmasi rahbari Yevgeniy Levchenko allaqachon de Yong haqida gapirib o‘tgan:

“Menimcha, kasaba uyushmasi barcha futbolchilarni himoya qilishi kerak. FIFPro kabi xalqaro tashkilotning aralashuvi vaqti keldi”, — deya ASdan iqtibos keltiradi Levchenko.

Xavi Gvardiola emasligi va futbolni o‘ziga xos tarzda ko‘rishini aytishi mumkin. Uning afsonaviy maqomi "Barselona" murabbiyiga transfer mavsumini o‘z xohishiga ko‘ra boshqarish imkonini beradi.

Albatta, Kataloniya ahli Messining qaytishini xohlaydi. Bir kun kelib, bu sodir bo‘lar ham, lekin "PSJ"dagi shayxlar superyulduz bilan hamkorlikdan maksimal foyda olishni mo‘ljal qilgan va uni qaytib bermasalar ham kerak. Shuning uchun Messining kambeki hozircha "orzular" bo‘limida qoladi.

Xavining yana bir orzusi himoyachi Jyul Kunde bilan shartnoma imzolash. Top jamoalar ko‘p yillar davomida uning ortidan yugurib keladi. Masalan, 2020 yilning sentyabrida “Sevilya” “Manchester Siti”dan 55 million yevro miqdoridagi juda yaxshi taklifni rad etgan. Endi OAV Tuxelga omad kulib boqmaganini aytishmoqda: “Chelsi”ning yangi rahbariyati bu transferni yakunlay olmadi, germaniyalik murabbiy futbolchining bo‘yi (markaziy himoyachi uchun 181 sm) tufayli xijolat bo‘lgani aytilmoqda va kataloniyaliklar bu muzokaralarga yanada tajovuzkorlik bilan kirishgan.

Xavi Kunde bilan muntazam aloqada bo‘lib turdi, Jyul transferga rozi ham bo‘ldi. Yaqin aloqa va yoqimli va’dalar ko‘p narsani hal qiladi. Turli xil summalar aytilmoqda - taxminan 50 million yevro, bitim tez orada yopilishi kerak va himoyachining formasi "ko‘k-anorranglilar" onlayn-do‘konida bir necha daqiqaga ham paydo bo‘ldi.

Shuningdek, matbuot sevilyaliklar Depayni Kunde transferiga qo‘shishga rozi bo‘lmaganliklari haqida ham yozishmoqda - to‘g‘ri, ko‘proq pul ishlab, murabbiyga aynan kim kerakligini tanlagan ma’qul. Endi Xavi Memfisni zaxiraga qo‘yishi aytilmoqda, chunki u o‘ziga yangi jamoa topa olmayapti.

Kiritildi: 11:11, 28.07.2022.
O'qildi: 6928 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.