Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Chelsi" o‘z futbolchisini Chempionship vakiliga berib yuboradi

"Chelsi" o‘z futbolchisini Chempionship vakiliga berib yuboradi

Baho:
+ | -

"Chelsi" yaqinda "Arsenal"dan tekinga kelib qo‘shilgan Omari Xatchinsonni ijaraga bermoqchi.

Jurnalist Grem Beylining ma’lumotiga ko‘ra, "Chelsi" 18 yoshli yarim himoyachi o‘z faoliyatidagi navbatdagi qadamni tashlashga va debyut mavsumini yuqori saviyada boshlashga tayyor deb hisoblaydi. Qayd etilishicha, futbolchiga Chempionshipda talablar bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xatchinson Londonning "Arsenal" klubi bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan edi. Futbolchi "kanonirlar" akademiyasining eng istiqbolli vakillaridan biri hisoblangan.

Futbolchi Yamayka milliy terma jamoasida bitta o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan.

Kiritildi: 14:22, 28.07.2022.
O'qildi: 1314 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик