Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

"Chelsi" chiqish eshigini ko‘rsatishi kerak bo‘lgan 5 futbolchi

"Chelsi" chiqish eshigini ko‘rsatishi kerak bo‘lgan 5 futbolchi

Baho:
+ | -

Yangi mavsum boshlanishiga oz fursat qoldi va bosh murabbiy Tomas Tuxel hozirgi jamoasidan norozi. Va bu rahbariyat Raxim Sterling va Kalidu Kulibalining transferlari uchun deyarli 100 million yevro sarflaganiga qaramay davom etmoqda. Biroq, "Chelsi" tarkibida yana bir nechta o‘yinchilar borki, ulardan qutulish kerak. Ular jamoa zaxirasida katta maoshga ega futbolchilardir.

Kepa Arrizabalaga: maosh - yiliga 9,51 million yevro

Kepaning transferi dunyodagi barcha darvozabonlar ichida eng qimmati hisoblanadi. To‘rt yil avval “Chels” ispaniyalik uchun 80 million yevro ajratgan bo‘lsa, endi u o‘rinbosar darvozabon rolidan mamnun. Kepaning muntazam xatolari London klubi rahbariyatini Eduard Mendini sotib olishga majbur qildi. Arrizabalaga Yevropaning ko‘plab klublarida asosiy darvozabon o‘rnini bosa olsa-da, jamoada zaxirada qolishga majbur. Bir necha kun oldin Daily Mail nashri "Napoli" Kepani bir mavsumlik ijaraga olishni ko‘rib chiqayotgani haqida yozgan edi. Biroq, italyan klubi darvozabonning bunchalik katta maoshini to‘lay olmaydi, shuning uchun ham “Chelsi” xarajatlarning bir qismini o‘z zimmasiga olishga majbur bo‘ladi. Agar, transfer sodir bo‘lsa.

Malang Sarr: maosh - 6,2 million yevro

O‘tgan mavsum fransiyalik himoyachi uchun omadli chiqdi, deb bo‘lmaydi. Daily Mail Sarrni asosiy xatoga yo‘l qo‘yuvchi futbolchi sifatida ta’rifladi, garchi u o‘yinning ko‘p qismida o‘ziga ishongan bo‘lib ko‘rinsa ham. Albatta Sarr yangi mavsumda oldingisiga (21 ta o‘yin) qaraganda ko‘proq o‘ynashni kutmoqda va Antonio Ryudiger va Andreas Kristensen bilan ketishi fransiyalik futbolchining imkoniyatlarini oshirdi. Ammo keyinroq “Chelsi” Kalidu Kulibalini sotib oldi. Bu ssenariyda Sarrning asosiy tarkibda paydo bo‘lish ehtimoli juda past ko‘rinadi. Mavsum oldi o‘yinlarda Malang ko‘zga tashlanmadi, ammo qo‘pol xatoga ham yo‘l qo‘ymadi. Bundan tashqari, Tuxelda tajribali Tiago Silva va yosh Trevo Chaloba kabi yana bir qancha variantlar mavjud.

Ross Barkli: maosh - 5 million yevro

Barkli o‘tgan mavsumda "Chelsi"ning so‘nggi goliga mualliflik qilgandi. Uning qo‘shib berilgan vaqtdagi aniq zarbasi jamoasiga "Uotford" bilan o‘yinda (2:1) g‘alaba keltirdi. Butun mavsum davomida Ross bor-yo‘g‘i 14 ta o‘yin o‘tkazdi va bitta gol urdi. Uning shartnomasi bir yildan keyin tugaydi va bunday vaziyatda "Chelsi" futbolchini sotishi mantiqan to‘g‘ri. Mirror xabariga ko‘ra, Barkli allaqachon transferga qo‘yilgan va unga bir vaqtning o‘zida bir nechta ingliz klublari qiziqish bildirmoqda. Balki tez orada futbolchi faoliyatini qayta boshlash imkoniyatiga ega bo‘lar va biz uni boshqa jamoa libosida ko‘rarmiz.

Mishi Batshuayi: maoshi - 3,6 million yevro

Belgiyalik futbolchi 6 yil oldin “Chelsi”ga o‘tgan, biroq o‘shandan beri besh marta ijaraga berilgan. O‘tgan mavsumda u Turkiyada "Beshiktosh" safida o‘ynadi - 42 o‘yin, 14 gol. Batshuayi yana London klubini tark etishi mumkin, chunki uning shartnomasi kelasi yozda tugaydi. Mishi 28 yoshda va bir mavsumga doimiy ijaralar unga o‘z iste’dodini maksimal darajada amalga oshirishga imkon bermadi, degan fikr bor. Romelu Lukakuning ketishi Batshuayining "Chelsi"dagi o‘yin vaqtini oshirishi mumkin, ammo jamoada yana bir hujumchi bor. Armando Broyaning sotilishiga Tuxel qarshi chiqdi. Broya va Batshuayining esa bir jamoada qolishi dargumon. Mishi uchun vaziyat ayanchli ko‘rinadi, ammo Armando undan sakkiz yosh kichik.

Kenedi: maoshi - 1,3 million yevro

Kenedi Batshuayi bilan taxminan bir xil hikoyaga ega. Braziliyalik futbolchi "Chelsi"ga yetti yil avval kelgan va shundan beri olti marta ijarada o‘ynagan. Uning London klubi bilan shartnomasi Mishinikiga o‘xshab 2023 yilning yozida yakuniga yetadi. Kenedi o‘tgan mavsumni o‘z uyida "Flamengo"da boshlagan (14 o‘yin, bitta gol), ammo yanvarda Angliyaga qaytgan. Shundan so‘ng u "Chelsi" tarkibida uch marta maydonga tushdi. Agar Sezar Aspilikueta “Chelsi”ni tark etsa, Kenedini Ris Jeymsning o‘rniga o‘tishi mumkin. Braziliyalik futbolchiga "Lids" qiziqish bildirgan, ammo hozircha bu transfer dargumon ko‘rinadi. Kenedi Tuxelni unga jamoada kattaroq rol berishga ishontira oladimi, buni esa vaqt ko‘rsatadi. Ammo Aspilikueta hech qayerga ketmasa, braziliyalik yangi klubga o‘tishga tayyorgarlik ko‘rsa ham bo‘laveradi.

Agar besh nafar futbolchi ham jamoada qolsa, "Chelsi" yil davomida ularning maoshi uchun 25 million yevrodan ko‘proq mablag‘ sarflaydi. Bu futbolchilar asosiy tarkibga kiritilmagan va ulardan ikkitasi hatto o‘tgan mavsumni boshqa jamoalarda boshlagan. Aytishimiz mumkinki, klubga ular kerak emas. Bunday xarajatlar foydasiz. Yiliga 17 million yevro ishlab oladigan hujumchi Timo vernyer ham bu ro‘yxatda bo‘lishi mumkin edi, biroq Lukakuning ketishi nemis futbolchisini jamoaning asosiy hujumchisiga aylantirdi. Agar “Chelsi” yangi hujumchi sotib olmasa, Timoning Londonni tark etishini tasavvur qilish qiyin.

Kiritildi: 14:58, 28.07.2022.
O'qildi: 4919 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.