"Lion" yarim himoyachisi Lukas Paketa Londonning "Arsenal" klubiga o‘tishni rad etganidan keyin "Tottenxem" ga o‘tishni ma’qul ko‘rmoqda.
"Kanonirlar" Braziliya terma jamoasi futbolchisiga anchadan beri qiziqish bildirishayotgandi va birinchi bo‘lib "Lion" bilan muzokaraga kirishishdi, ammo keyin "Tottenxem" va "Manchester Siti" ushbu transfer uchun da’vogarlik qila boshladi.
Ayni vaqtda futbolchi uchun “shporlar” asosiy favorit hisoblanadi. Londonning ikki klubi o‘rtasida tanlovni inobatga olgan holda, Paketa "Tottenxem"ga o‘tish ehtimoli ko‘proq, chunki klub Chempionlar ligasida o‘ynaydi, deya xabar bermoqda Sun nashri.
O‘tgan mavsumda futbolchi Fransiya chempionatida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.