Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Abdumannopov «Navbahor» tarkibiga qo‘shildi

Abdumannopov «Navbahor» tarkibiga qo‘shildi

Baho:
+ | -

Yozgi transfer “oynasi”dan samarali tarzda foydalanib, o‘z tarkibini kuchaytirishga harakat qilayotgan «Navbahor» tarkibiga mahoratli yarim himoyachi Doniyor Abdumannopov qo‘shildi.  

Abdumannopov 2000 yil, 12 oktyabrda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug‘ilgan. Doniyor Abdumannopov katta futboldagi faoliyatini 2016 yili Toshkentning “Bunyodkor” jamoasida  boshlagan va poytaxtliklar tarkibida bir mavsum o‘ynagan.

2017 – 2020 yillarda esa “Andijon” (Andijon) tarkibida to‘p tepgan.  Shundan so‘ng, futbolchi faoliyatini xorijda davom ettiradi va o‘tgan mavsumni Belarusning “Energetik - BGU” (Minsk) jamoasida o‘tkazadi.

Joriy mavsumning 1-davrasida “So‘g‘diyona” (Jizzax)da o‘ynagan mahoartli yarim himoyachi Coca Cola Superliga bahslarida jizzaxliklar tarkibida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golga mualliflik qilgan.

Doniyor Abdumannopov “Navbahor” matbuot xizmati o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Meni “Navbahor”ga Samvel Babayan taklif etdi. Samvel Vyacheslavovich oldin ham meni o‘zi faoliyat yuritgan jamoalar, jumladan, “Navbahor”ga ham taklif etgandi. Ammo mazkur mutaxassis bilan birga faoliyat yuritish uchun endigina yaxshi imkoniyat tug‘ildi va bundan samarali foydalanishga harakat qilib, namanganliklar tarkibiga qo‘shildim. Jamoada meni juda yaxshi kutib olishdi.

To‘g‘ri, “So‘g‘diyona” ham yaxshi jamoa. “Navbahor” tarkibiga  qo‘shilishimga namanganliklarning joriy mavsumda o‘z oldiga yuksak  maqsadlar qo‘yganligi, jamoa o‘z nomi va tarixi, shuningdek, ajoyib ishqibozlarga ega ekanligi, “Navbahor” muxlislarining dong‘i butun O‘zbekistonga taralganligi ham muhim rol o‘ynadi.

“Lochinlar” tarkibida chiroyli o‘yinlar namoyish etib, jamoaning zafarlari, Osiyo Chempionlar Ligasi  yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga munosib hissamni qo‘shish niyatidaman. Xudo xohlasa, bu yil “Navbahor” o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishadi, degan umiddaman", — dedi Doniyor.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 06:14, 30.07.2022.
O'qildi: 2028 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.