Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Jezusni "eplab" bo‘lmayapti

Jezusni "eplab" bo‘lmayapti

Baho:
+ | -

“Arsenal” hujumchisi Gabriel Jezus yangi jamoasi safida yana ikkita gol urdi. Braziliyalik futbolchi bu safar Ispaniyaning “Sevilya” jamoasiga qarshi "Emireyts Kubogi" finalida gol urdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi mavsumoldi o‘yinlarda Jezus 4 uchrashuvda 4 ta gol urgan edi. Futbolchi “Nyurnberg”, “Everton”, “Chelsi” kabi jamoalar darvozasini ishg‘ol etgandi.

Jezusning transferi Londonning “Arsenal” klubiga 50 million yevroga tushdi. Braziliyalik futbolchining "Manchester Siti" bilan shartnomasi tugashiga bir yil qolgandi. Futbolchi Xulian Alvares va Erling Xolandning transferlari fonida “shaharliklar” bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi.

Kiritildi: 18:02, 30.07.2022.
O'qildi: 6478 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик