"Bryugge" yarim himoyachisi Sharl de Ketelare ertaga Milanga uchib ketadi, deb xabar beradi CalcioMercato.
Manbaga ko‘ra, 21 yoshli belgiyalik futbolchining dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tishi 1 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng futbolchi 2,2 million yevro maosh bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Xabar qilinishicha, "Milan" yarim himoyachi uchun 32 million yevro va bonuslar to‘laydi.
2021/22 yilgi mavsumda De Ketelare “Bryugge” safida 49 o‘yinda 18 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yarim himoyachining klub bilan shartnomasi 2024 yilning iyunigacha amal qiladi.