Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Turon" ikki nafar futbolchini o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi (foto)

"Turon" ikki nafar futbolchini o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi (foto)

Baho:
+ | -

Pro Liga vakili "Turon" jamoasi ikki nafar futbolchini o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi.

"Xabaringiz bor, mavsumning qolgan qismiga jiddiy hozirlik ko‘rayotgan jamoamiz yozgi transferlar oynasi vaqtida tarkibga bir qator yangi futbolchilarni qo‘shib oldi. Jumladan, faoliyati davomida "So‘g‘diyona", "Andijon", "Sho‘rtan", "Zomin", "Yangiyer" kabi jamoalar safida o‘ynagan tajribali himoyachi Qahramon Bahodirov klubimiz bilan rasmiy shartnomaga imzo chekdi.

Shuningdek, Toshkentning "Paxtakor" klubi tarbiyalanuvchisi va O‘zbekiston U-20 terma jamoasi a’zosi hisoblangan yosh qanot himoyachisi Izzatillo Po‘latov klubimiz bilan rasmiy shartnomaga imzo chekdi.

Klubimiz vakillari va barcha muxlislar nomidan Qahramon Baxodirova va Izzatillo Po‘latovlarning jamoamizdagi faoliyatida ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz." - deyiladi "Turon" klubining rasmiy bayonotida.

Kiritildi: 18:10, 31.07.2022.
O'qildi: 1730 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик