Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

Butun Angliya maftun

Butun Angliya maftun

Baho:
+ | -

Niderlandiyalik iqtidor Kodi Gakpo hozirda butun APL nigohida. PSV hujumchisi jumladan, «Lids», «Arsenal» va «Liverpul» kabi klublar e’tiborida turibdi.

Xo‘sh, bunday kuchli qiziqishning boisi nima? O‘zi Kodi qanday futbolchi?

2016 yilning noyabrida PSV tizimidagi U-21 jamoa­sida debyutini nishonlagan 17 yoshli yigitcha qisqa vaqt ichida 17ta gol va 6ta samarali uzatma to‘plagach, uni zudlik bilan asosiy tarkibga jalb etishgandi. Kodi shu tariqa 18 yoshida «Feyenoord»ga qarshi kechgan o‘yin- (3:1)da Eredivizionda ko‘rinish berdi va mavsum-2018|2019da 5ta gol assistentiga aylandi. Vaholanki, maydonda jami 400 daqiqadan kamroq harakatlangandi. Gakpo shundan buyon 3 mavsum davomida PSVning chempionatdagi 45ta golida ishtirok etdi. E’tiborli jihati, u o‘yinlarda o‘rtacha hisobda 67 daqiqadan to‘p surgan holda, shunday natijaga erishdi.

Kodi Gakpo - universal hujumchi, qanotlar, markaz va hattoki, sal oldinroqda ham samarali to‘p surishga qodir. Ayniqsa, chap qanotda o‘zini erkin his qiladi. 2019|2020 va 2020|2021 yillar mavsumlarini barqaror (har birida 7tadan gol) o‘tkazgan hujumchi oxirgisida goleadorlik mahoratini oshirib, raqiblar darvozasini 12 marta nishonga oldi. Bo‘yi naq 189 santimetrga teng futbolchi jismoniy quvvatidan maksimal darajada foydalanadi, yana katta gavdasiga qaramay, raqiblarini yuqori tezlik evaziga qiynab qo‘yadi. Gakpo nafaqat jismoniy, balki texnik mahorat bobida ham, o‘yin vaziyatini aniq baholashda ham ko‘plab tengdoshlaridan yaqqol ajralib turadi. Deylik, to‘p bilan muomala payti hamisha optimal variant izlaydi va kerakli pallada zarba yo‘llash yoki qulayroq vaziyatda turgan jamoadoshini to‘p bilan ta’minlashni paysalga solmaydi. 

Gakpo shuning barobarida ortiqcha fintlar bilan vaqt yo‘qotishni yoqtirmaydi. Buning o‘rniga to‘p yo‘nalishini gavdasi yordamida o‘zgartirib, raqibdan aylanib o‘tgancha tezkor uzatmani amalga oshiradi. Aynan samarali uzatma variantini tez tanlash qobiliyati Gakponi PSVda yetakchi ixtirochilardan biri maqomiga ko‘tardi. Misol uchun, oxirgi mavsum Eredivizionda xavfli vaziyatlarning daqiqalarga nisbatan o‘rtacha soni bo‘yicha birgina tajribali Dushan Tadich  22 yoshli yigitdan yaxshiroq natija qayd etdi. Gakpodagi yana bir ijobiy xislat shuki, u himoyaga ko‘maklashishni ham sira unutmaydi. Bunisi endi qat’iyati va mehnatsevarligidan nishonadir. 

Ha, Kodi xatolardan ham xoli emas. Deylik, ba’zida to‘pga dastlabki teginishda shoshib qoladi, gohida qaror chiqarishda adashadi. Lekin bunday kamchiliklarga vaqt o‘tishi bilan barham berish mumkin. Hujumchi yana harakatlar aerodinamikasini ham kuchaytirishi lozim - bo‘yi 189 santimetr bo‘la turib, shu paytgacha boshi bilan birorta gol urgani yo‘q. Muhimi, Gakpo o‘ta xotirjamlik bilan to‘p suradi, raqib jarima maydoni ichida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydi. Xushbichim qomati va chopqirligi ham unga nisbatan qiziqishni oshirishiga shubha yo‘q. Qisqasi, yangi mavsum Gakponing saviyali professional futbolchiga aylanishiga turtki berishi mumkin. Hujumchi uchun eng muhimi - yangi ish joyida yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish. Chunki u barcha fazilatlari va kamchiliklarini faqat maydonda namo­yish etishi mumkin. Xulosa shuki, Kodi APLning ko‘plab klublari, jumladan, «Lids»da o‘z o‘rnini bemalol topishi va «sixni ham, kabobni ham kuydirmaydigan» darajada faoliyat yuritish salohiyatiga ega.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:28, 31.07.2022.
O'qildi: 1932 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.