Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Diqqat, «qirol» tirik!

Diqqat, «qirol» tirik!

Baho:
+ | -

Garet Beyl MLSda darhol shou ko‘rsatishga tushdi - uelslik yulduzga buning uchun to‘pga 2 marta teginish kifoya qildi.

Qisqasi, uzoq tortishuv va muhokamalardan keyin «Real» bilan xayrlashib, okean ortiga yo‘l olgan golf shaydosi bir urinishda aslida nimalarga qodirligini ko‘rsatib qo‘ydi.

Manfaatli shartnoma asosida «Los-Anjeles» safini to‘ldirgan «Uels shahzodasi» o‘tgan dam olish kuni yangi chempionatda debyut qildi. Aniqroq aytsak, Beyl «Neshvill»ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushdi. Asosiysi, final hushtagi yangrashiga atigi 18 daqiqa qolgan pallada o‘yinga qo‘shilgan «dangasa yulduz» hammani hayratga solish uddasidan chiqdi, baribir. Qisqasi, faxriy yarim himoyachi|hujumchi to‘pga birinchi teginishdayoq kichik shou namoyish edi - qanotda tovoni bilan nafis uzatmasini amalga oshirdi. Tabiiyki, shu lahzada stadion portladi, go‘yo. Har holda, «Santyago Bernabeu»dan farqli o‘laroq, u yerda Beyl­ni juda yaxshi ko‘rishadi (hozircha shunday).

Beyl o‘yindan so‘ng ma’lum vaqt muxlislarga dastxat berish bilan shug‘ullandi va yakunda o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi: «Debyut lahzalarini sabrsizlik bilan kutdim. Zaxira o‘rindig‘ida qanday o‘tirganimni tavsiflab berolmayman - jamoaga tezroq yordam berishni xohladim, ishtiyoqim jo‘shib ketdi... Hozir sport formasini tiklashim juda muhim. Hozir Yevropada mavsumlar oralig‘i, shunday ekan, bir necha daqiqa o‘ynab, yakunda g‘alabani tantana qilganimiz ajoyib bo‘ldi». Ha, «Los-Anjeles» yakunda «Neshvill»ni 2:1 hisobida yengdi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:48, 31.07.2022.
O'qildi: 6882 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.