"Bornmut" 1 avgust kuni "Midlsbro" yarim himoyachisi Markus Tavernyeni sotib olganini e’lon qildi.
23 yoshli Tavernye klub bilan 2027 yilgacha shartnoma imzoladi. U ushbu transfer oynasida Rayan Frederiks va Jo Rotvelldan keyin "Bornmut"ning uchinchi xaridi bo‘ldi. Jamoa o‘tgan mavsum yakunida Premyer-ligaga qaytdi.
Transfer 12 million funtga baholanmoqda.
Tavernye "Midlsbro" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi o‘tgan mavsumda jamoasi safida barcha musobaqalarda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













